{"id":20666,"date":"2026-09-15T10:42:39","date_gmt":"2026-09-15T05:42:39","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20666"},"modified":"2026-09-15T10:42:39","modified_gmt":"2026-09-15T05:42:39","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%80.html\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari alohida strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini tasdiqladilar"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a\u02bczolari ishtirokida muzokara o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9611\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/178d3e56-7784-c494-04b3-9fd80eee9306_lists_slider_9611.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17289\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/178d3e56-7784-c494-04b3-9fd80eee9306_lists_slider_9611.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston \u2013 Koreya alohida strategik sherikligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Koreya Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrif ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi do\u02bbstlik va o\u02bbzaro hurmat tamoyillari asosida rivojlanib kelayotgan munosabatlar tarixida muhim voqea ekanini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u02bbz navbatida, O\u02bbzbekiston yetakchisi Koreya Respublikasi o\u02bbtgan yillar davomida yurtimizning ishonchli do\u02bbsti va eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylanganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Bu borada tovar aylanmasi va investitsiyalar ko\u02bbrsatkichlari o\u02bbsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O\u02bbzbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq qo\u02bbshma korxona faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p>Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Eksimbanki va \u201cEDCF\u201d jamg\u02bbarmasi bilan hamkorlik doirasida tibbiyot va sog\u02bbliqni saqlash, sanoat, AKT, qishloq va suv xo\u02bbjaligi, energetika, infratuzilma, ta\u02bclim sohalarida o\u02bbnlab loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Muzokaralar davomida parlamentlar, vazirlik va idoralar, hudud rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar o\u02bbrtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishini aytib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Bular \u2013 savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiyalar hajmini oshirish, muhim minerallar, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlikni rivojlantirish.<\/p>\n<p>Joriy tashrif yakunlari bo\u02bbyicha investitsiya portfeli ko\u02bblami yanada kengayadi. Xususan, umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar tayyorlangan. Koreya Eksimbanki bilan\u00a0Strategik hamkorlik dasturi qabul qilingan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e72123ee-eeb9-459c-3d28-b844eef11603_lists_slider_9611.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17290\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e72123ee-eeb9-459c-3d28-b844eef11603_lists_slider_9611.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tomonlar Koreyaning ilg\u02bbor texnologiyalari hamda Yangi O\u02bbzbekistonning resurslar va sanoat borasidagi salohiyatiga asoslangan mustahkam innovatsion va texnologik alyansni shakllantirishga alohida e\u02bctibor qaratdilar.<\/p>\n<p>Alyans faoliyatini axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalari hamda tibbiyot, sog\u02bbliqni saqlash va farmatsevtika sanoatida yuqori texnologiyali va raqamli yechimlarni joriy etish kabi ustuvor yo\u02bbnalishlarga qaratish taklif etildi.<\/p>\n<p>Harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, idoralararo aloqalarni kengaytirish, qo\u02bbshma tadbirlar tashkil etish va harbiy mutaxassislarni o\u02bbqitishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Tashrif arafasida ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi hamkorlik tarixida ilk bor o\u02bbtkazilgan Hududlararo forum natijalari yuqori baholandi. Keyingi forumni Samarqand shahrida o\u02bbtkazishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Prezidentlar muzokaralar davomida ta\u02bclim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urg\u02bbu berdilar.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining to\u02bbrtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boshqa ustuvor yo\u02bbnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u02bbzbekistonda KOICA ko\u02bbmagida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga o\u02bbqitish markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar yoshlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini ro\u02bbyobga chiqarish uchun o\u02bbz bilim va ko\u02bbnikmalarini oshirishiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.<\/p>\n<p>Kadrlar tayyorlash bo\u02bbyicha amaliy tajriba almashishda ikki mamlakat oliy ta\u02bclim muassasalari rektorlari forumi muhim o\u02bbrin tutishi alohida ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Munosabatlarni rivojlantirishda xalqlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro anglashuv va do\u02bbstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy almashinuv muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ko\u02bbp sonli koreys diasporasi O\u02bbzbekiston ko\u02bbp millatli oilasining ajralmas qismi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o\u02bbrtasidagi \u201cma\u02bcnaviy ko\u02bbprik\u201d ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Ushbu o\u02bbziga xos gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida 2027-yilni \u201cMadaniyat va o\u02bbzaro almashinuvlar yili\u201d deb e\u02bclon qilish hamda qo\u02bbshma madaniy-gumanitar tadbirlarni o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p>Yakunda muhokama qilingan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyalari yaqinligi ham tasdiqlandi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a\u02bczolari ishtirokida muzokara o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. O\u02bbzbekiston \u2013 Koreya alohida strategik sherikligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Koreya Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrif ikki mamlakat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20668,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20666","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20666","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20666"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20666\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20669,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20666\/revisions\/20669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20666"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20666"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20666"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}