{"id":20743,"date":"2026-09-22T17:00:24","date_gmt":"2026-09-22T12:00:24","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20743"},"modified":"2026-09-22T15:40:35","modified_gmt":"2026-09-22T10:40:35","slug":"%d0%b2-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d1%81%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%b9%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%b2-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%be-%d1%81%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%b9%d1%81.html\/","title":{"rendered":"Toshkent shahrida O\u2018zbekiston-Suriya biznes-forumi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>19-sentabr kuni Toshkentda O\u2018zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Suriya Arab Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Muhammad Nidal ash-Shaar, shuningdek, ikki mamlakat savdo-sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirokida O\u2018zbekiston\u2013Suriya biznes-forumi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/gov.uz\/oz\/miit\/news\/view\/221611\">xabar qilmoqda<\/a> ISSV matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/efcfa53c-e283-7a97-24cf-a349cc83aa51_lists_slider_.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17397\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/efcfa53c-e283-7a97-24cf-a349cc83aa51_lists_slider_.webp\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1269\" \/><\/a><\/p>\n<p>Suriya tomonidan to\u2018qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va kimyo sanoati, qishloq xo\u2018jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika hamda boshqa tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq yirik kompaniya rahbarlari ishtirok etdi. Tarmoqlarning keng qamrovda namoyon bo\u2018lishi muhokamalarni savdo va investitsiyaviy hamkorlikning eng istiqbolli yo\u2018nalishlariga qaratish imkonini berdi.<\/p>\n<p>Nutqlarda forum bir kun avval hukumatlararo muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo\u2018lgani ta\u2019kidlandi. Imzolangan Qo\u2018shma iqtisodiy va savdo qo\u2018mitasini tashkil etish to\u2018g\u2018risidagi memorandum hamda tuzilgan Ishbilarmonlar kengashi ikki mamlakat davlat idoralari va biznes vakillarining muntazam hamkorligi uchun institutsional asos yaratdi.<\/p>\n<p>Yangi ko\u2018rgazma va savdo maydonchalari kompaniyalar o\u2018rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 2027-yil fevral oyida Halab va Damashq shaharlarida \u201cMade in Uzbekistan\u201d ko\u2018rgazmasini, shu yil davomida esa Toshkentda Suriya mahsulotlari ko\u2018rgazmasini o\u2018tkazish rejalashtirilmoqda. Halab shahrida faoliyat yuritayotgan O\u2018zbekiston savdo uyining o\u2018rni alohida ta\u2019kidlandi. U mamlakatimiz mahsulotlarini ilgari surish, hamkorlar topish va yangi tashabbuslarni rivojlantirish uchun doimiy maydon bo\u2018lib xizmat qilishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Forum davomida tadbirkorlarning ikki mamlakat bozorlariga chiqishini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha aniq choralar ham belgilandi. O\u2018zbekiston kompaniyalariga omborlar ijarasi, sertifikatlashtirish va tashish xarajatlarini subsidiyalashni o\u2018z ichiga olgan ko\u2018mak ko\u2018rsatish nazarda tutilgan. O\u2018zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqish bildirgan Suriya biznesiga mahalliy hamkorlarni topish, muzokaralar tashkil etish va loyihalarni amalga oshirishda yordam beriladi.<\/p>\n<p>Tarmoqlar bo\u2018yicha hamkorlik masalalarini tizimli ravishda ishlab chiqish uchun ikki mamlakat vazir o\u2018rinbosarlari rahbarligida ishchi guruh tuzilgan. Uning faoliyati aniq loyihalar, kompaniyalar va amaliy yechimlarga qaratiladi. Asosiy tashabbuslar va keyingi qadamlarni yagona Yo\u2018l xaritasiga birlashtirish orqali belgilangan chora-tadbirlarning muvofiqlashtirilgan holda bajarilishini ta\u2019minlash rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Biznes vakillari o\u2018rtasidagi hamkorlikning dastlabki natijalari ham alohida qayd etildi: kompaniyalar o\u2018rtasida savdo va investitsiya sohalarida kelishuvlarga erishilgan. Endilikdagi asosiy vazifa \u2014 ularni shartnomalar, mahsulot yetkazib berish va investitsiya qarorlariga aylantirish orqali hamkorlik ko\u2018lamini izchil kengaytirishdan iborat.<\/p>\n<p>Forumning ishbilarmonlik dasturi B2B va B2G uchrashuvlari bilan davom etdi. Muzokaralarda aniq mahsulot va loyihalar, salohiyatli hamkorlarni topish hamda keyingi qadamlarni kelishib olish masalalari diqqat markazida bo\u2018ldi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19-sentabr kuni Toshkentda O\u2018zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Suriya Arab Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Muhammad Nidal ash-Shaar, shuningdek, ikki mamlakat savdo-sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirokida O\u2018zbekiston\u2013Suriya biznes-forumi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati. Suriya tomonidan to\u2018qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va kimyo sanoati, qishloq xo\u2018jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika hamda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20744,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20743","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20743","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20743"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20748,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20743\/revisions\/20748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20744"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}