{"id":20749,"date":"2026-09-22T17:51:50","date_gmt":"2026-09-22T12:51:50","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20749"},"modified":"2026-09-22T17:51:50","modified_gmt":"2026-09-22T12:51:50","slug":"%d0%b2-%d1%88%d0%b0%d0%bd%d1%85%d0%b0%d0%b5-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%bc%d0%be%d0%b6%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b8-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%b2-%d1%88%d0%b0%d0%bd%d1%85%d0%b0%d0%b5-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%bc%d0%be%d0%b6%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b8-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81.html\/","title":{"rendered":"Shanxayda Xitoy kompaniyalarining O\u2018zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Shanxayda O\u2018zbekistonga investitsiya kiritish masalalariga bag\u2018ishlangan seminar bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/v-shanhae-obsuzhdeny-vozmozhnosti-investirovaniya-kitayskih-kompaniy-v\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1788850228444_a2bm4vyhd76.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17403\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1788850228444_a2bm4vyhd76.webp\" alt=\"\" width=\"950\" height=\"534\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbir Shanxay shahar Iqtisodiyot va axborotlashtirish komissiyasi hamda O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda komissiya raisining o\u2018rinbosari Xe Yun, Xitoyning tegishli davlat idoralari vakillari hamda 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Xe Yun ta\u2019kidlaganidek, Markaziy Osiyo \u201cBir makon, bir yo\u2018l\u201d tashabbusining strategik markazi, shuningdek, Shanxaydagi ishlab chiqarish korxonalari uchun xavfsiz va istiqbolli bozor hisoblanadi.<\/p>\n<p>Seminar davomida korxonalar globallashuv jarayonida duch kelayotgan huquqiy va madaniy masalalar, shuningdek, resurslarni taqsimlash bilan bog\u2018liq jihatlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur seminar Xitoy va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan \u201cINDRA E-Commerce Service Co., Ltd.\u201d, \u201cSUS Environment\u201d, NIO va boshqa kompaniyalar vakillari o\u2018z tajribalari bilan o\u2018rtoqlashib, O\u2018zbekistonda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, investitsiya muhiti va qonunchilik asoslari haqida ma\u2019lumot berdilar.<\/p>\n<p>Uchrashuv ishtirokchilariga O\u2018zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, mamlakatimizning Yevropa va mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun logistika va infratuzilma sohasidagi afzalliklari haqida ma\u2019lumot taqdim etildi.<\/p>\n<p>Seminar yakunlari bo\u2018yicha xitoylik tadbirkorlarning O\u2018zbekistonga biznes-missiyalarini tashkil etish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shanxayda O\u2018zbekistonga investitsiya kiritish masalalariga bag\u2018ishlangan seminar bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. Tadbir Shanxay shahar Iqtisodiyot va axborotlashtirish komissiyasi hamda O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda komissiya raisining o\u2018rinbosari Xe Yun, Xitoyning tegishli davlat idoralari vakillari hamda 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi. Xe Yun ta\u2019kidlaganidek, Markaziy Osiyo \u201cBir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20750,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20749","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20749","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20749"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20749\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20751,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20749\/revisions\/20751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20750"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20749"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20749"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20749"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}