{"id":20990,"date":"2026-11-02T11:35:07","date_gmt":"2026-11-02T06:35:07","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20990"},"modified":"2026-11-02T11:35:07","modified_gmt":"2026-11-02T06:35:07","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b0%d0%bc%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%bf%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b0%d0%bc%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%bf%d1%80.html\/","title":{"rendered":"Davlatimiz rahbari yoqilg\u02bbi-energetika tarmog\u02bbidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot o\u02bbtkazdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg\u02bbi-energetika tarmog\u02bbidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9726\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4b48b11b-2ac4-7e01-6b06-dcf96e7cac6e_lists_slider_9726.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17671\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4b48b11b-2ac4-7e01-6b06-dcf96e7cac6e_lists_slider_9726.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Mamlakatimiz yetakchisi barqaror energiya ta\u02bcminoti iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlar rejalari va aholi farovonligi uchun muhimligini ta\u02bckidladi. So\u02bbnggi o\u02bbn yilda energetika bozori xususiy sarmoyaga ochilib, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. Bu davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Muloqot kuni umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik oltita yirik loyiha bo\u02bbyicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz energetikaga investitsiya jalb qilishda yangi bosqich boshlanayotganini qayd etdi. Endi har bir loyiha yangi quvvat yaratish bilan birga ta\u02bcminot ishonchliligini oshirishi va elektr yo\u02bbqotishlarini kamaytirishi zarur. 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat barpo etish, yillik elektr ishlab chiqarish hajmini 129 milliard kilovatt-soatdan oshirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Buning uchun generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari o\u02bbzaro bog\u02bbliq holda rivojlantiriladi. Qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalashtirilib, tayyor loyihalar ochiq tanlovga chiqariladi. Investorlarga yer maydoni, tarmoqqa ulanish hamda elektrni xarid qilish shartlari avvaldan ma\u02bclum qilinadi. Yaqin vaqtda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bo\u02bblgan oltita quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>Ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo\u02bblgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, e\u02bclon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar esa to\u02bbliq bosh reja taqdim etiladi. Bu sarmoyadorlarga loyihalarini uzoq muddatga rejalashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Elektr tarmoqlari va energiya saqlash infratuzilmasini kengaytirishga alohida e\u02bctibor qaratildi. 2030-yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, sanoat korxonalari va ma\u02bclumotlar markazlarining o\u02bbsib borayotgan ehtiyojini hisobga olib, ular uchun ishonchli elektr ta\u02bcminotini oldindan tashkil etish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Taqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy soha obyektlari va nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida yangilash masalalari ham ko\u02bbrib chiqildi. \u201cYashil\u201d energiya ishlab chiqaruvchilarning sertifikatlar va karbon kreditlardan qo\u02bbshimcha daromad olishi uchun mexanizmlar joriy etiladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalari mahalliy sanoat uchun ham yangi imkoniyatlar ochishi kerakligini ta\u02bckidladi. Yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlari va shamol generatorlari butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo\u02bbyicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqariladigan maxsus sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash bo\u02bbyicha hamkorlik kengaytiriladi. Ustyurtda \u201cSOCAR\u201d va \u201cBritish Petroleum\u201d kompaniyalari bilan oltita investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda, xorijlik hamkorlarga taklif etish uchun yana 128 ta blok tayyorlangan. Buxoro viloyatidagi MTO loyihasini amalga oshirish, Buxoro va Farg\u02bbona neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish rejalari ham qayd etildi.<\/p>\n<p>Suyultirilgan gaz ta\u02bcminotiga bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasiga to\u02bbxtalib, davlatimiz rahbari bunda ta\u02bcminot uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat ko\u02bbrsatish sifati ustuvor bo\u02bblishi shartligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Yangi energiya obyektlari uchun mutaxassislar tayyorlashda investorlar ishtirokini kengaytirish taklif qilindi. Kelgusi o\u02bbquv yilidan oliygohlarda energetika yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha qabul kvotalari oshiriladi, har yili 50 nafar yoshning yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olishi uchun davlat grantlari ajratiladi.<\/p>\n<p>Sarmoyadorlar yer ajratish, tarmoqqa ulanish va texnik shartlarni olish bilan bog\u02bbliq masalalarni doimiy muloqot orqali hal etish tashabbusini ilgari surgan edi. Shu munosabat bilan Yoqilg\u02bbi-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etiladi. Prezident Administratsiyasi Rahbari boshchilik qiladigan Kengash loyihalarni tayyorlashdan tortib, obyektlarni ishga tushirishgacha bo\u02bblgan jarayonda yuzaga keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug\u02bbullanadi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunida Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi, o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg\u02bbi-energetika tarmog\u02bbidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Mamlakatimiz yetakchisi barqaror energiya ta\u02bcminoti iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlar rejalari va aholi farovonligi uchun muhimligini ta\u02bckidladi. So\u02bbnggi o\u02bbn yilda energetika bozori xususiy sarmoyaga ochilib, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. Bu davrda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20991,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20990","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20990","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20990"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20990\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20992,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20990\/revisions\/20992"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20991"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20990"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20990"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20990"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}