{"id":21034,"date":"2026-11-02T13:34:58","date_gmt":"2026-11-02T08:34:58","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21034"},"modified":"2026-11-02T13:34:58","modified_gmt":"2026-11-02T08:34:58","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d0%bd%d0%be%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d0%bd%d0%be%d0%b2.html\/","title":{"rendered":"Prezidentimiz O\u2018zbekiston \u2013 AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O\u2018zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig\u2018ilishi ochilishida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9752\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a15bdcad-4185-de57-2e54-8ebdfcb29bc5_lists_slider_9752.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17724\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a15bdcad-4185-de57-2e54-8ebdfcb29bc5_lists_slider_9752.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida O\u2018zbekiston va AQSH o\u2018rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko\u2018p asrlar davomida xalqlar, madaniyatlar va savdo yo\u2018llarini birlashtirib kelgan shahar \u2013 Samarqandda muhokama qilinayotgani ramziy ma\u2019noga ega ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston va Amerika o\u2018rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarilgani, bu, eng avvalo, AQSH Prezidenti Donald Trampning shaxsiy e\u2019tibori va qo\u2018llab-quvvatlovi tufayli ekani qayd etildi.<\/p>\n<p>Mustahkam siyosiy sheriklik asosida iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bu borada qo\u2018shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishga salmoqli hissa qo\u2018shayotgan Amerika-O\u2018zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi alohida o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarga to\u2018xtalib o\u2018tdi. Iqtisodiyot o\u2018sib bormoqda, yangi korxonalar ishga tushirilmoqda, ish o\u2018rinlari yaratilmoqda, yoshlar uchun ta\u2019lim olish imkoniyatlari kengaymoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sanoatni yanada rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani barpo etish uchun investitsiyalar jalb qilish jarayoni ilg\u2018or texnologiyalarni joriy etish, bilim va tajriba almashish bilan birga olib borilishi zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bu borada AQSH biznesi bilan hamkorlik qilish bo\u2018yicha katta tajriba to\u2018plangani ta\u2019kidlandi. Bugungi kunda O\u2018zbekistonda Amerika sarmoyasi ishtirokidagi yuzlab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular bilan sanoat, energetika, transport, qishloq xo\u2018jaligi, ta\u2019lim va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Ayni paytda O\u2018zbekiston kompaniyalari ham AQSH iqtisodiyotiga investitsiya kiritishni boshlamoqda.<\/p>\n<p>Muhim minerallarni o\u2018zlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantirish, ma\u2019lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sanoat, qishloq xo\u2018jaligi, ta\u2019lim va davlat boshqaruviga sun\u2019iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy qilish, ta\u2019lim va kadrlar tayyorlash hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo\u2018nalishlar sifatida ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining bugungi yig\u2018ilishiga katta tayyorgarlik ko\u2018rilgani qayd etildi. Natijada umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbusdan iborat to\u2018plam shakllantirildi. Ularni amalga oshirish uchun kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida kuch va imkoniyatlarni uchta ustuvor vazifani hal etishga safarbar etish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Avvalo, AQSH tadbirkorlari uchun tushunarli va oldindan taxmin qilish mumkin bo\u2018lgan shart-sharoitlarni yaratish zarur. O\u2018zbekistonga kelgan sarmoyador ma\u2019muriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, tezda o\u2018z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Bu borada investorlar bilan ishlashda \u201cPlug and Play\u201d tamoyiliga asoslangan yangi yondashuvga o\u2018tilayotgani ta\u2019kidlandi. Ularga yer maydoni, infratuzilma, ruxsat olish va hujjatlar rasmiylashtirish masalalari hal etilgan tayyor loyihalar taklif etiladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, o\u2018zbekistonlik tadbirkorlar ham hamkor sifatida ishtirok etishi va investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o\u2018z zimmasiga olishi mumkin. Yangi tashkil etilgan To\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri investitsiyalar jamg\u2018armasi ham bunday loyihalarda ishtirok etadi.<\/p>\n<p>Keyingi ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Kengash ikki mamlakat o\u2018rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta\u2019kidlandi. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha bo\u2018lgan davrga mo\u2018ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kengash yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, tizimli to\u2018siqlarni bartaraf etish va yirik qo\u2018shma loyihalarni ilgari surishda muhim o\u2018rin tutadigan muloqot maydoniga aylanishi lozim.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O\u2018zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig\u2018ilishi ochilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tadbirda Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi. Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida O\u2018zbekiston va AQSH o\u2018rtasidagi hamkorlikning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21035,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21034","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21034","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21034"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21034\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21036,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21034\/revisions\/21036"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21035"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21034"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21034"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21034"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}