{"id":21037,"date":"2026-11-02T13:36:23","date_gmt":"2026-11-02T08:36:23","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21037"},"modified":"2026-11-02T13:36:23","modified_gmt":"2026-11-02T08:36:23","slug":"%d0%b2%d0%b5%d0%b4%d1%83%d1%89%d0%b8%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b4%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%b8%d0%b7%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%8e%d1%82-%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%b2%d0%b5%d0%b4%d1%83%d1%89%d0%b8%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b4%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%b8%d0%b7%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%8e%d1%82-%d0%b2.html\/","title":{"rendered":"Hindistonning yetakchi kompaniyalari Yangi Toshkent loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini o\u2018rganmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hindistonning yirik kompaniyalari Yangi Toshkent hududida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini o\u2018rganmoqda, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/vedushchie-indiyskie-kompanii-izuchayut-vozmozhnosti-uchastiya-v-proektah\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1792418771742_c4flt5wb7xf.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17727\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1792418771742_c4flt5wb7xf.webp\" alt=\"\" width=\"848\" height=\"477\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston va Hindiston o\u2018rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda yetakchi hind kompaniyalarini Yangi Toshkentdagi loyihalarga jalb etish maqsadida Hindistonning yirik kompaniyalari vakillari uchun tashrif tashkil etildi. Tashrif 15\u201316-oktabr kunlari O\u2018zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambayev hamrohligida bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda \u201cLarsen &amp; Toubro\u201d kompaniyasi vitse-prezidenti Rajan Bansal, \u201cAdani Group\u201d kompaniyasining O\u2018zbekistondagi loyihalar bo\u2018yicha maxsus vakili Anand Kumar hamda \u201cReliance Industries\u201d kompaniyasining xalqaro aloqalar bo\u2018yicha direktori Mahesh Kumar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tashrif O\u2018zbekiston Prezidenti raisligida 12-oktabr kuni Yangi Toshkent hududiga xorijiy investorlarni jalb etish masalalari yuzasidan o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi. Dasturdan Prezident raisligida o\u2018tkazilgan yoqilg\u2018i-energetika sohasidagi Investorlar kengashining birinchi yig\u2018ilishida ishtirok etish hamda Yangi Toshkent hududidagi istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishish o\u2018rin oldi.<\/p>\n<p>Investorlar kengashi yig\u2018ilishida \u201cReliance Industries\u201d vakili Mahesh Kumar so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston energetika sohasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarni yuqori baholab, kompaniya quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyasini saqlash tizimlarini joriy etish bo\u2018yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.<\/p>\n<p>Yangi Toshkentga tashrif davomida shahar direksiyasi rahbariyati shaharni rivojlantirish rejalari va investitsiyaviy imkoniyatlar, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, markazlashtirilgan issiqlik ta\u2019minotini tashkil etish, turar joy va noturar joy majmualari, yirik tijorat obyektlari hamda zamonaviy savdo-ko\u2018ngilochar markazlarini qurish loyihalarini taqdim etdi. Taqdimotlarda Yangi Toshkentni zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida rivojlantirish, ilg\u2018or texnologiyalar va xalqaro tajribani joriy etish, shuningdek, xorijiy xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Hindiston kompaniyalari vakillari taqdim etilgan loyihalarga qiziqish bildirishdi hamda ularni batafsil o\u2018rganish va hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha o\u2018z takliflarini ishlab chiqish niyatida ekanliklarini ma\u2019lum qilishdi. Tashrif yakunida tomonlar taklif etilgan loyihalarni o\u2018rganish va muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hindistonning yirik kompaniyalari Yangi Toshkent hududida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini o\u2018rganmoqda, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. O\u2018zbekiston va Hindiston o\u2018rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda yetakchi hind kompaniyalarini Yangi Toshkentdagi loyihalarga jalb etish maqsadida Hindistonning yirik kompaniyalari vakillari uchun tashrif tashkil etildi. Tashrif 15\u201316-oktabr kunlari O\u2018zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambayev hamrohligida bo\u2018lib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21038,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21039,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037\/revisions\/21039"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21038"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}