{"id":21054,"date":"2026-11-06T13:23:25","date_gmt":"2026-11-06T08:23:25","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21054"},"modified":"2026-11-06T13:23:25","modified_gmt":"2026-11-06T08:23:25","slug":"%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b7%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%87%d0%b8-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d0%ba%d1%80%d1%8b%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d0%bf%d0%be%d1%82%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b7%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%87%d0%b8-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d0%ba%d1%80%d1%8b%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d0%bf%d0%be%d1%82%d0%b5%d0%bd.html\/","title":{"rendered":"Qashqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi ish o\u02bbrinlariga aylantirish vazifalari belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag\u02bbishlangan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9766\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a1cb8edd-9857-2f50-5738-d43c44a1a987_lists_slider_9766.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17747\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a1cb8edd-9857-2f50-5738-d43c44a1a987_lists_slider_9766.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari so\u02bbzini yig\u02bbilish ishtirokchilarini O\u02bbzbek tili bayrami bilan tabriklashdan boshladi. Qashqadaryo farzandi, O\u02bbzbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qo\u02bbshgan hissasini alohida e\u02bctirof etdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo\u02bblgan o\u02bbzgarishlarni, tadbirkor, investor, yoshlarning ko\u02bbzlaridagi shijoatni ko\u02bbrib, juda katta kuch oldim, <\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bo\u02bblgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag\u02bballik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Joriy yilning to\u02bbqqiz oyida sanoat, xizmatlar va qishloq xo\u02bbjaligida o\u02bbsishga erishildi. Biroq viloyatning hozirgi natijalari uning boy resurslari va inson salohiyatiga hali to\u02bbliq mos kelmayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Qashqadaryo iqtisodiyotining o\u02bbsishi uchun, avvalo, sanoatda qo\u02bbshilgan qiymatni oshirish zarur. Viloyatdagi gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilishi kerakligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Shu maqsadda \u201cGTL\u201d zavodidagi yangi loyihalar, naftadan polimer va neft-kimyo mahsulotlari olish, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini kengaytirish hamda kichik tonnajli kimyoni rivojlantirish imkoniyatlari ko\u02bbrib chiqildi. Mas\u02bcullarga 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish o\u02bbrnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.<\/p>\n<p>Bu loyihalar yirik korxonalar atrofida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham birlashtirishi lozim. Shuning uchun viloyatda oltita sanoat klasteri tashkil etiladi, \u201cQashqadaryo\u201d erkin iqtisodiy zonasining filiallari ochiladi. Ularning infratuzilmasi uchun dastlab 250 milliard so\u02bbm yo\u02bbnaltiriladi. Zamonaviy traktor va qishloq xo\u02bbjaligi texnikalarini mahalliylashtirish, agrodronlar ishlab chiqarish ham shu yo\u02bbnalishdagi vazifalardan bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Sanoat o\u02bbsishi barqaror energiya ta\u02bcminotiga ham bog\u02bbliq. Kelasi yil viloyatda \u201cMasdar\u201d kompaniyasining 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash quvvati ishga tushiriladi. Qarshi tumanida chiqindidan elektr olish loyihasi yakunlanmoqda. Yangi quvvatlarni iste\u02bcmolchilarga yetkazish uchun Nishon va Ko\u02bbkdalada yirik podstansiyalar qurish, Tolimarjon \u2013 So\u02bbg\u02bbdiyona yo\u02bbnalishidagi 245 kilometrlik elektr tarmog\u02bbini tugallash vazifalari qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligi ham aholi daromadini oshirishning muhim manbai sifatida ko\u02bbrib chiqildi. Viloyatda ushbu sohaning o\u02bbzida qo\u02bbshimcha 200 ming kishini daromadli qilish imkoniyati bor. Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurg\u02bboqchilikka chidamli chorva ozuqasi ekiladi, chorvachilik komplekslari tashkil etiladi. G\u02bbuzorda 10 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, dehqonlarga beriladi. Kosmik ma\u02bclumotlar asosida aniqlangan yana 30 ming gektar maydonni o\u02bbzlashtirishga misrlik mutaxassislar jalb qilinadi.<\/p>\n<p>Yerdan samarali foydalanish uchun suv ta\u02bcminoti ham yaxshilanadi. Qashqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkazish qimmatga tushayotgani sababli kelasi yil 265 kilometr kanal betonlashtiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Bu yil qurilgan kichik suv hovuzlari tajribasi yana beshta tumanda kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Aholining toza ichimlik suviga ehtiyoji alohida muhokama qilindi. Ajratilgan mablag\u02bblar hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog\u02bbi hamda 43 ta inshoot qurilishi yakunlanib, 200 ming kishi toza suv bilan ta\u02bcminlanadi. Hisorak suv omboridan Qarshi shahri va atrofdagi tumanlarga tarmoq tortish yana 350 ming aholiga xizmat qiladi. Tolimarjon \u2013 Muborak suv tizimini rekonstruksiya qilish esa beshta tumandagi 700 ming kishining suv ta\u02bcminotini yaxshilashga qaratilgan.<\/p>\n<p>Hududlar o\u02bbrtasidagi aloqani yengillashtirish uchun yo\u02bbl loyihalari ham belgilandi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yo\u02bblining viloyatdan o\u02bbtuvchi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi. Qarshi shahri aylanma yo\u02bbli ushbu magistralga ulanadi. Poyezd o\u02bbtayotgan vaqtda tirbandlik yuzaga keladigan ikki temir yo\u02bbl kesishmasida zamonaviy yo\u02bbl o\u02bbtkazgichlar quriladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda yirik loyihalarning samarasi har bir mahallada sezilishi kerakligiga e\u02bctibor qaratildi. Qamashi tumanidagi Chim mahallasida maktab, bog\u02bbcha, poliklinika, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bog\u02bbi barpo etildi. Eng muhimi, mahallada kambag\u02bbal oila va ishsiz aholi qolmadi. Kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha shu tajriba asosida har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazi tashkil etiladi. Mirishkorda limonchilik, baliqchilik va bog\u02bbdorchilik loyihalari boshlanadi, ijaraga berilgan yerlarda yuqori daromadli ekinlar yetishtirish kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Bunday tashabbuslarni amalga oshirishda banklar faqat yangi kredit mahsulotlarini taklif etish bilan cheklanmasligi ta\u02bckidlandi. Ularning ishi resurs olgan korxonalar soni va biznesning o\u02bbsishi bilan baholanadi. Kredit ajratishda pul oqimi va aniq buyurtmalarni hisobga olish, tadbirkorlardan so\u02bbraladigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Qashqadaryoning tabiiy imkoniyatlari turizmda ham yangi ish o\u02bbrinlari yaratishi mumkin. Yil boshidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, G\u02bbelon qishlog\u02bbining o\u02bbziga tashrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan. G\u02bbelonda tog\u02bb-chang\u02bbi kurortining birinchi bosqichini ishga tushirish, boshqa tog\u02bb qishloqlarida etnoturizm, Shahrisabz tumanida rafting va sport turizmini rivojlantirish rejalashtirilgan. Olti qishloq bo\u02bbyicha master-rejalar tayyorlanib, 50 million dollarlik loyihalar boshlanadi.<\/p>\n<p>Yangi ish o\u02bbrinlariga yoshlarning kasbiy tayyorgarligi ham muhim. Qarshi shahridagi Ilg\u02bbor kasbiy mahorat texnikumining Germaniyada malaka oshirgan 32 nafar ustasi hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalarini o\u02bbqitmoqda. Bu yerda o\u02bbquvchilar maktab attestati bilan birga kasbiy sertifikat oladi, germaniyalik mutaxassislar esa yoshlarga til va kasb o\u02bbrgatadi. Mas\u02bcullarga maktablar bilan texnikumlar o\u02bbrtasida o\u02bbquvchilarni kasbga yo\u02bbnaltirishning aniq tizimini yaratish topshirildi.<\/p>\n<p>Qashqadaryolik o\u02bbquvchilarning natijalari ham e\u02bctirof etildi. Qarshi shahridagi Prezident maktabi \u201cCambridge\u201d imtihonlarida respublikada eng yuqori natijani qayd etdi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi \u201cZakovat\u201d turnirida g\u02bbolib bo\u02bbldi. Kosonlik Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ball to\u02bbpladi. Kelasi yildan har bir tumanda bittadan maktabda aniq fanlar chet tilida o\u02bbqitiladi. Shuningdek, barcha tumanlarda robototexnika to\u02bbgaraklari ochilib, o\u02bbquvchilar o\u02bbrtasida har yili chempionat o\u02bbtkaziladi.<\/p>\n<p>Viloyatning kelgusi o\u02bbsishi shaharsozlikda ham oldindan puxta rejalashtirishni talab etadi. Qarshi shahri, Ko\u02bbkdala va Qarshi tumani chegarasida 500 ming aholiga mo\u02bbljallangan Yangi Qarshi shahri, Qarshi tumanida esa \u201cKo\u2018hna Nasaf\u201d ekomajmuasi barpo etiladi. Nufuzli arxitektura kompaniyalari ishtirokida bosh reja ishlab chiqilib, yangi hududlar \u201cyashil\u201d va \u201caqlli\u201d shahar tamoyillari asosida quriladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mahallalarda ko\u02bbchat ekish va yashil hududlarni ko\u02bbpaytirish bo\u02bbyicha \u201cQashqadaryo tajribasi\u201d yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Har yili Navro\u02bbz arafasida \u201cEng yashil mahalla\u201d tanlovi o\u02bbtkaziladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag\u02bbishlangan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari so\u02bbzini yig\u02bbilish ishtirokchilarini O\u02bbzbek tili bayrami bilan tabriklashdan boshladi. Qashqadaryo farzandi, O\u02bbzbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qo\u02bbshgan hissasini alohida e\u02bctirof etdi. \u2013 Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo\u02bblgan o\u02bbzgarishlarni, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21055,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21054","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21054","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21054"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21054\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21056,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21054\/revisions\/21056"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21055"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21054"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21054"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21054"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}