{"id":21108,"date":"2026-11-06T13:48:04","date_gmt":"2026-11-06T08:48:04","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21108"},"modified":"2026-11-06T13:48:04","modified_gmt":"2026-11-06T08:48:04","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d0%bc%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d0%bc%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%bd.html\/","title":{"rendered":"Tibbiyotda infratuzilmani rivojlantirish va sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantirish hamda sog\u2018liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9782\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/160fd973-ea6e-d6be-6286-5586bbd6bb9b_lists_slider_9782.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17810\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/160fd973-ea6e-d6be-6286-5586bbd6bb9b_lists_slider_9782.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tibbiyot muassasalarini joylashtirish, qurish va jihozlash aholining ehtiyojiga tayangan holda rejalashtirilishi zarur. Hozir ayrim hududlarda xizmatlar tarqoq tashkil etilgan, shifo o\u2018rinlari noto\u2018g\u2018ri taqsimlangan, eski binolar va uskunalardan foydalanish esa tibbiy yordam sifatiga ta\u2019sir qilmoqda.<\/p>\n<p>Ishni mavjud obyektlar haqidagi aniq ma\u2019lumotlarni shakllantirishdan boshlash ko\u2018zda tutilgan. O\u2018nta viloyatda o\u2018tkazilgan xatlovda sohaga tegishli 3 ming 499 ta obyekt aniqlangan. Bu Kadastr agentligi ma\u2019lumotlaridagidan 494 taga ko\u2018p. Barcha hududlarda xatlovni yakunlash, obyektlarning elektron pasportlarini shakllantirish va soha ko\u2018chmas mulkining yagona raqamli reyestrini yaratish taklif etildi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019lumotlar asosida 2026\u20132036-yillarga mo\u2018ljallangan tibbiy infratuzilma master-rejalarini amalga oshirish masalasi ko\u2018rib chiqildi. Har bir hudud bo\u2018yicha aholi soni va o\u2018sishi, tibbiy xizmatlarga ehtiyoj, muassasalarning quvvati hamda bemorlarning ularga yetib borish vaqti hisobga olinadi. Master-reja qaysi obyektni saqlab qolish, birlashtirish yoki rekonstruksiya qilish, yangisini qayerda qurish, uni qanday jihozlash va qancha mutaxassis zarurligini belgilaydi. Investitsiya dasturlarini ham shu rejalar asosida shakllantirish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Tizimda muassasalar ko\u2018rsatadigan yordam darajasiga qarab o\u2018zaro bog\u2018lanadi. Murakkab va yuqori texnologik xizmatlar tayanch markazlarda jamlanadi, tumanlarda esa bazaviy va shoshilinch tibbiy yordam saqlanadi. Birlamchi bo\u2018g\u2018inni rejalashtirishda qishloq va olis aholi punktlari hamda shaharlar uchun alohida xizmat ko\u2018rsatish me\u2019yorlari qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p>Bunday yondashuv zarurati Samarqand viloyati misolida ko\u2018rsatib berildi. Viloyat aholisining 80 foizi tumanlarda yashaydi, biroq tumanlar hissasiga shifo o\u2018rinlarining 41,7 foizi to\u2018g\u2018ri keladi. Master-rejada tibbiy hududlarni qayta tashkil etish orqali tumanlar ulushini 67 foizga yetkazish, xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Samarqand shahri, Urgut, Pastdarg\u2018om, Kattaqo\u2018rg\u2018on, Ishtixon va Payariqda yangi shifoxonalar qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish rejalari haqida axborot berildi. Viloyat markazidagi ixtisoslashgan muassasalarni ko\u2018p tarmoqli shifoxonalar negizida qayta tashkil etish, markaziy laboratoriyalar, sterilizatsiya va tashxislash xizmatlarini rivojlantirish taklif qilindi. Urgut, Kattaqo\u2018rg\u2018on va Pastdarg\u2018omda 2030-yilgacha jami 1 ming 500 ta yangi shifo o\u2018rni yaratish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Yangi obyektlar faqat bino qurish bilan cheklanmasligi ta\u2019kidlandi. Poliklinika va shifoxonalarni loyihalashda bemorlar harakatini qulay tashkil etish, infeksion nazorat, inklyuziv muhit va xonalarni jihozlash bo\u2018yicha yagona talablarni joriy etish taklif qilindi. Davolashda esa xalqaro tavsiyalarga asoslangan klinik protokollarni milliy sharoitga moslashtirish, amaliyotga tatbiq etish va natijalarini muntazam baholash ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga doir qaror loyihasi ham ko\u2018rib chiqildi. Unda tibbiy va yordamchi xizmatlarni, jumladan, gemodializ, laboratoriya diagnostikasi, tashxislash hamda uskunalarga texnik xizmat ko\u2018rsatishni autsorsing asosida xarid qilish taklif etilgan. Bir yillik shartnomalar o\u2018rniga besh yilgacha bo\u2018lgan hamkorlik mexanizmlarini qo\u2018llash xususiy sheriklarga uskuna va xizmatlarga uzoq muddatli sarmoya kiritish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Bunda davlat tibbiyot muassasasi xizmatni xarid qiladi, xususiy tashkilot esa zarur uskunani o\u2018z hisobidan olib kelib, uning ishlashi va yangilanishini ta\u2019minlaydi. Xaridlarni tashkil etish uchun yagona tender hujjatlari va elektron tizim joriy etish, ayrim muassasalarni professional kompaniyalarga boshqaruvga berish imkoniyatlari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari taqdimot qilingan takliflarni puxta ishlab chiqib, bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantirish hamda sog\u2018liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tibbiyot muassasalarini joylashtirish, qurish va jihozlash aholining ehtiyojiga tayangan holda rejalashtirilishi zarur. Hozir ayrim hududlarda xizmatlar tarqoq tashkil etilgan, shifo o\u2018rinlari noto\u2018g\u2018ri taqsimlangan, eski binolar va uskunalardan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21109,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21108","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21108","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21108"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21108\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21110,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21108\/revisions\/21110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21108"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21108"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21108"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}