{"id":21126,"date":"2026-11-06T13:56:00","date_gmt":"2026-11-06T08:56:00","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21126"},"modified":"2026-11-06T13:56:00","modified_gmt":"2026-11-06T08:56:00","slug":"%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%80%d1%83%d0%b5%d1%82-%d0%bf%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%80%d1%83%d0%b5%d1%82-%d0%bf%d1%80%d0%b8.html\/","title":{"rendered":"Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkent hududida zamonaviy turar joy majmualarini qurishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston elchisi Alisher To\u2018xtayev Pokistonning \u201cIzhar Group\u201d kompaniyasi rahbari Umar Izhar bilan muzokaralar o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/pakistanskaya-kompaniya-planiruet-prinyat-uchastie-v-stroitelstve\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p>Uchrashuv avvalida O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy shaharsozlik tashabbuslari va infratuzilma loyihalari, xususan, Yangi Toshkent shahrini barpo etish loyihasi taqdimoti o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlanganidek, Yangi Toshkent shahri loyihasining umumiy maydoni 20 ming gektarni tashkil etadi. Loyihaning birinchi bosqichida 6 ming gektar hududni o\u2018zlashtirish va qariyb 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, \u201cIzhar Group\u201d rahbari kompaniya faoliyatining asosiy yo\u2018nalishlari, qurilish va ko\u2018chmas mulkni rivojlantirish sohasidagi tajribasi hamda xalqaro bozorlarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma\u2019lumot berdi. Uning ta\u2019kidlashicha, kompaniya faoliyatida kottejlar va villalardan iborat zamonaviy turar joy majmualarini barpo etishga alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, kompaniyaning Turkiya va boshqa mamlakatlarda to\u2018plagan tajribasini inobatga olgan holda, Yangi Toshkent shahrini qurish jarayonida hamkorlikning maqbul modellarini qo\u2018llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, loyihaning dastlabki bosqichida investorning yer sotib olish uchun katta mablag\u2018 sarflashiga bo\u2018lgan ehtiyojni kamaytirish, qurilish ishlarini tezroq boshlash va loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga ko\u2018maklashadigan mexanizmlarga e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Umar Izharning fikricha, bunday yondashuv investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, loyihalarni amalga oshirish jarayonini tezlashtirish va Yangi Toshkent hududini o\u2018zlashtirish sur\u2019atlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog\u2018liq qator amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, texnik va huquqiy talablar, moliyalashtirish mexanizmlari, soliqqa tortish, yer uchastkalarini ajratish, ipoteka va lizing imkoniyatlari, shuningdek, qurilish sohasidagi me\u2019yor va talablar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini batafsil o\u2018rganish va muhokama qilish maqsadida O\u2018zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan uchrashuvlar o\u2018tkazish, shuningdek, \u201cIzhar Group\u201d delegatsiyasining O\u2018zbekistonga tashrifini tashkil etish bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi.<\/p>\n<p>1959-yilda tashkil etilgan \u201cIzhar Group\u201d Pokistondagi ko\u2018p tarmoqli kompaniyalar guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya qurilish, EPC pudratchiligi, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish, temir-beton buyumlar tayyorlash, muhandislik tizimlari, turar joy va sanoat obyektlarini barpo etish kabi yo\u2018nalishlarda faoliyat yuritadi. Bugungi kunga qadar guruh Pokistonda sement va mineral o\u2018g\u2018itlar ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq zavod, energetika obyektlari, aeroportlar, to\u2018g\u2018onlar, shifoxonalar, shuningdek, sanoat va tijorat obyektlari qurilishida ishtirok etgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston elchisi Alisher To\u2018xtayev Pokistonning \u201cIzhar Group\u201d kompaniyasi rahbari Umar Izhar bilan muzokaralar o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. Uchrashuv avvalida O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy shaharsozlik tashabbuslari va infratuzilma loyihalari, xususan, Yangi Toshkent shahrini barpo etish loyihasi taqdimoti o\u2018tkazildi. Ta\u2019kidlanganidek, Yangi Toshkent shahri loyihasining umumiy maydoni 20 ming gektarni tashkil etadi. Loyihaning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21127,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21126","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21126","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21126"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21126\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21128,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21126\/revisions\/21128"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21127"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21126"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21126"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21126"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}