{"id":21178,"date":"2026-11-06T14:21:16","date_gmt":"2026-11-06T09:21:16","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21178"},"modified":"2026-11-06T14:21:16","modified_gmt":"2026-11-06T09:21:16","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d0%b4%d0%b2%d0%b8%d0%bd%d1%83%d0%bb-%d0%b2%d0%b0%d0%b6%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d0%b4%d0%b2%d0%b8%d0%bd%d1%83%d0%bb-%d0%b2%d0%b0%d0%b6%d0%bd.html\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Prezidenti TDT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Anqara shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammitida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9801\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/db1716e1-6393-f976-dc53-0da276d4837f_lists_slider_9801.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17890\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/db1716e1-6393-f976-dc53-0da276d4837f_lists_slider_9801.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>\u201cTurkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik\u201d shiori ostida o\u02bbtkazilgan tadbirda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog\u02bban, Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u02bbiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Sammit ishtirokchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, a\u02bczo davlatlar o\u02bbrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini ko\u02bbrib chiqdilar.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u02bbz nutqining avvalida mazkur yig\u02bbilish buyuk sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan Anqarada yuksak saviyada tashkil etilgani uchun Turkiya Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, tadbir arafasida so\u02bblim \u201cBeshtepa\u201d bog\u02bbida davlatlarimizning milliy-madaniy majmuasi ochilishi qardosh xalqlarning mushtarak merosini asrab-avaylashda muhim qadam bo\u02bblgani va bu ramziy yodgorlik turkiy dunyo birligining yorqin timsoliga aylanishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimi tubdan o\u02bbzgarib, geosiyosiy raqobat keskinlashayotganini, turkiy dunyo atrofidagi mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyatlar xavfsizlik va taraqqiyot istiqbollariga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Shu bois, Turkiy davlatlar tashkilotini o\u02bbzaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida yanada jipslashtirish zarurligiga e\u02bctibor qaratdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Barchamiz ushbu ezgu yo\u02bblda yakdilmiz va o\u02bbz kuch-g\u02bbayratimizni turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyormiz, <\/em>\u2013 dedi O\u02bbzbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari turkiy davlatlar o\u02bbrtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko\u02bbtarish yuzasidan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.<\/p>\n<p>Tashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar o\u02bbtkazish, yondashuv va sa\u02bcy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim. Shu maqsadda uchinchi mamlakatlar bilan \u201cTurkiy davlatlar tashkiloti plus\u201d formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Ushbu muloqotlar savdo, transport, investitsiya va boshqa ustuvor yo\u02bbnalishlarda aniq qo\u02bbshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilishi lozim, <\/em>\u2013 ta\u02bckidladi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Yuzta strategik qo\u02bbshma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvchi, jumladan, nodir minerallarni qayta ishlash va \u201cyashil\u201d energetika uskunalarini mahalliylashtirishga qaratilgan \u201cTurkiy dunyo \u2013 100\u201d dasturini qabul qilish taklif qilindi. Ushbu loyihalarga Turkiy investitsiya jamg\u02bbarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar resurslarini yo\u02bbnaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish uchun \u201cTijorat ishlari bo\u02bbyicha o\u02bbzaro huquqiy yordam ko\u02bbrsatish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi ko\u02bbp tomonlama shartnoma hamda huquqiy yordam so\u02bbrovlari va hujjatlarni elektron almashishga mo\u02bbljallangan raqamli platformani tashkil etish tashabbusi ham ilgari surildi.<\/p>\n<p>Global ta\u02bcminot zanjirlari o\u02bbzgarayotgan hozirgi sharoitda turkiy davlatlarning geografik o\u02bbrni va tranzit imkoniyatlari tobora strategik ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbrta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantirish maqsadida \u201cTurkiy davlatlar logistika komplekslari tarmog\u02bbi\u201dni tashkil etish va birgalikda boshqarish taklif qilindi. Bu xalqaro yuk tashish va logistikada davlatlarimizning ishtirokini kengaytirish hamda iqtisodiy manfaatdorlikni oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Turizm salohiyatini kengaytirish uchun esa \u201cTurkiy turizm alyansi\u201dni tuzish, shuningdek, aholining o\u02bbzaro safarlarini soddalashtirish va ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytiruvchi ko\u02bbp tomonlama bitim ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>Yurtimizda xorijlik yoshlar uchun ta\u02bcsis etilgan \u201cYangi O\u02bbzbekiston stipendiyasi\u201d doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili ta\u02bclim grantlari ajratilishi bildirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 2027-yilni \u201cTabiatni asrash yili\u201d deb e\u02bclon qilish tashabbusi qo\u02bbllab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor qilindi hamda O\u02bbzbekiston taklifi bilan ta\u02bcsis etilgan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning Qozog\u02bbistonda xizmat ko\u02bbrsatgan san\u02bcat arbobi, elchi Dyusen Kaseinovga topshirilgani mamnuniyat bilan e\u02bctirof etildi.<\/p>\n<p>Butun umrini turkiy til ravnaqiga bag\u02bbishlagan hazrat Alisher Navoiy \u201cTilga ixtiyorsiz \u2013 elga e\u02bctiborsiz\u201d, deb ta\u02bckidlagan edi. Bugungi sammit shioridan kelib chiqib, barcha turkiy xalqlar uchun birdek tushunarli bo\u02bblgan va tillarimizdagi mushtarak so\u02bbzlarni jamlaydigan \u201cUmumturkiy so\u02bbzlar lug\u02bbati\u201dni yaratish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Ishonchim komilki, bugungi Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik g\u02bboyamiz va ulug\u02bbvor rejalarimizga erishish yo\u02bblida muhim qadam bo\u02bbladi. Zero, barchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir bo\u02bblsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bo\u02bblsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz,<\/em> \u2013 dedi davlatimiz rahbari o\u02bbz nutqi yakunida.<\/p>\n<p>Tadbirda tashkilotning yangi Bosh kotibi lavozimiga O\u02bbzbekiston vakili Mirvohid Azimov nomzodi qo\u02bbllab-quvvatlangani, shuningdek, navbatdagi sammit kelgusi yili O\u02bbzbekistonda o\u02bbtkazilishi ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p>Yakunda Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilotga a\u02bczo mamlakatlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Anqara shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. \u201cTurkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik\u201d shiori ostida o\u02bbtkazilgan tadbirda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog\u02bban, Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u02bbiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21179,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21178","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21178","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21178"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21178\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21180,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21178\/revisions\/21180"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21179"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21178"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21178"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21178"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}