{"id":21197,"date":"2026-11-06T14:28:55","date_gmt":"2026-11-06T09:28:55","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21197"},"modified":"2026-11-06T14:28:55","modified_gmt":"2026-11-06T09:28:55","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%82.html\/","title":{"rendered":"Buxoro viloyatini rivojlantirish bo\u02bbyicha yangi tashabbuslar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9815\">xabar bermoqda davlatimiz<\/a> rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6d4714ff-7814-5d1e-2e3f-a084e6dc1f01_lists_slider_.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17912\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6d4714ff-7814-5d1e-2e3f-a084e6dc1f01_lists_slider_.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p><em>\u2013 Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o\u02bbzgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz,<\/em> \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda ushbu tashabbuslar samarasi, avvalo, aholi uchun zarur infratuzilma va daromad manbalarida ko\u02bbrinishi lozimligi ta\u02bckidlandi. Shu nuqtayi nazardan, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini rivojlantirish, yo\u02bbllarni yangilash, sanoat va xizmat ko\u02bbrsatishda yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida suv va kanalizatsiya ta\u02bcminotini yaxshilash bo\u02bbyicha 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga yana 248 million dollar jalb etiladi. Natijada 1,7 million aholining suv ta\u02bcminoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog\u02bbiga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz, ayniqsa, suvni kutayotgan 55 ta mahalla bo\u02bbyicha aniq muddatlarni belgilash va ishlarni tezlashtirishni topshirdi.<\/p>\n<p>Viloyatning transport aloqalarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar ham muhokama qilindi. Joriy yilda hudduddan o\u02bbtuvchi A-380 avtomobil yo\u02bblini rekonstruksiya qilish yakunlanadi. Kelasi yil M-37 yo\u02bblining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilash boshlanib, loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yo\u02bbl quriladi.<\/p>\n<p>Samarqand \u2013 Buxoro yo\u02bbnalishida sement-beton qoplamali pulli avtomobil yo\u02bbli va tezyurar poyezd uchun yangi temir yo\u02bbl liniyasini barpo etish rejalashtirilgan. Yangi avtomobil yo\u02bbli safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirishi kutilmoqda. Mas\u02bcullarga har ikki loyihaning master-rejasini yakunlash va hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash topshirildi.<\/p>\n<p>Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning o\u02bbzida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yo\u02bblovchiga xizmat ko\u02bbrsatish imkoniga ega bo\u02bbladi. Aeroport shahar markazi bilan 24 kilometrli avtomobil yo\u02bbli orqali bog\u02bblanadi, avtobuslar uchun 5,5 kilometrli BRT yo\u02bblagi barpo etiladi. Buxoroga Turkiyaning \u201cPegasus\u201d aviakompaniyasi to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri reyslarni yo\u02bblga qo\u02bbymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boshlash belgilandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda yangi yo\u02bbllar va aeroport bilan birga viloyat ichida harakatlanish qulayligini oshirish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Joriy yilda yo\u02bbllar holatini yaxshilash uchun 900 milliard so\u02bbm ajratilgan bo\u02bblsa-da, 2 ming kilometr ichki yo\u02bbl va 266 ta ko\u02bbprik ta\u02bcmirtalab. Ularni yangilash va ekspluatatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb etish, asosiy sayyohlik yo\u02bbnalishlarini bog\u02bblaydigan muqobil pulli yo\u02bbllar qurish imkoniyatlarini o\u02bbrganish topshirildi.<\/p>\n<p>Jamoat transporti yetarlicha rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi kundalik qatnovlarda yengil avtomobildan foydalanmoqda. Shu bois, viloyatga qo\u02bbshimcha 120 ta avtobus keltirish jadallashtiriladi. Aeroport va temir yo\u02bbl vokzallari atrofida xizmat ko\u02bbrsatish sifatini oshirish, ko\u02bbkalamzorlashtirishda esa Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos yagona yondashuvni qo\u02bbllash vazifalari belgilandi.<\/p>\n<p>Turizm viloyat iqtisodiyotini o\u02bbstirishning muhim yo\u02bbnalishlaridan biridir. Joriy yilda Buxoroga 3,5 million xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda. Mazkur ko\u02bbrsatkichni ikki baravar oshirish, ularning viloyatda qolish muddatini uzaytirish va turizm mavsumini yilning boshqa oylariga ham kengaytirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Buning uchun Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy majmualar yagona turizm konsepsiyasi asosida bog\u02bblanadi. Gulchorbog\u02bb mahallasida 50 gektar maydonda turizm markazi, Jalol Ikromiy mahallasida xalqaro tadbirlarga mo\u02bbljallangan kongress-xoll hamda \u201cHilton\u201d va \u201cHoliday Inn\u201d brendlari ostida mehmonxonalar qurilmoqda. Shaharning sakkizta markaziy ko\u02bbchasi yangilanib, oltita xiyobon barpo etiladi. Buxoro tumanida esa 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini tashkil etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz yangi obyektlar bilan birga xizmatlar mazmunini ham boyitish zarurligiga e\u02bctibor qaratdi. Buxoroda turizm mavsumi to\u02bbrt oydan olti oyga uzaygan, kelasi yil esa 30 ga yaqin xalqaro tadbir o\u02bbtkazish rejalashtirilmoqda. Biroq viloyatda besh yulduzli mehmonxona yo\u02bbq, yirik savdo va ko\u02bbngilochar maskanlar yetarli emas, mavjud xizmatlarning asosiy qismi Buxoro shahrida jamlangan.<\/p>\n<p>Mas\u02bcullarga xorijlik sayyohlar sonini 7 millionga yetkazish bo\u02bbyicha oyma-oy reja tayyorlash topshirildi. Unda yangi turpaketlar, tadbirlar, tumanlarda ochiladigan obyektlar va sayyohlar jalb qilinadigan bozorlar aniq ko\u02bbrsatilishi lozim.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion so\u02bbmlik marradan oshishi, o\u02bbsish 10,1 foizni tashkil etishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>So\u02bbrovda buxoroliklarning 98 foizi hayot sifati yaxshilanganini bildirgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uch yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy o\u02bbsish tabiiy resurslar sanoati va qishloq xo\u02bbjaligiga bog\u02bbliq bo\u02bblib qolmoqda. Ularning iqtisodiyotdagi ulushi 43 foiz, xizmatlar sohasining ulushi esa o\u02bbn yilda atigi 33 foizdan 36 foizga oshgan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va har bir tumanning o\u02bbsish nuqtalarini aniqlashni talab qildi. Sanoat, xizmat ko\u02bbrsatish va qishloq xo\u02bbjaligidagi ko\u02bbrsatkichlarni 1,5 baravar oshirish bo\u02bbyicha aniq rejalar ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>Sanoat sohasida Buxoroning xomashyo, energiya resurslari va tadbirkorlik salohiyatini birlashtirib, uch yilda 28 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati borligi ta\u02bckidlandi. Shundan 17 milliard dollari neft-gaz va kimyo sanoatiga to\u02bbg\u02bbri keladi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini oshirishga nufuzli texnologik kompaniyalarni jalb etish, Kogon tumanida esa neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini tashkil qilish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Energetikada qisqa muddat ichida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari ishga tushirilgan. Kelgusi uch yilda yana 3,1 ming megavattli shamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlash tizimlari quriladi. Yangi quvvatlar bilan bir vaqtda uzatish va taqsimlash infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatda 745 kilometr elektr tarmog\u02bbini barpo etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasidan foydalanib, Buxoroda ishlab chiqariladigan to\u02bbqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga kengroq olib chiqish vazifasi belgilandi. Kelasi yil sohada kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish va eksportni ikki baravar oshirish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sohadagi ishlar ko\u02bbrib chiqilar ekan, xususiy bog\u02bbcha va maktablarni ko\u02bbpaytirish, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb etish, texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bog\u02bblash masalalari muhokama qilindi. Viloyatdagi o\u02bbnta davlat va xususiy oliy ta\u02bclim muassasasida dual ta\u02bclim qamrovini ikki baravar oshirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Joriy yilda 29 ta shifoxona va poliklinikani yangilash ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimiz yetakchisi tibbiy xizmat sifatini, ayniqsa, birlamchi bo\u02bbg\u02bbin faoliyatini yaxshilash, sohaga investitsiya jalb etish va xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar imkoniyatidan foydalanish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga mo\u02bbljallangan rejalari tinglandi.<br \/>\nPrezidentimiz o\u2018z hududini kompleks rivojlantirishda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova alohida jonbozlik ko\u2018rsatayotganini e\u2019tirof etib, davlat va boshqaruv idoralaridagi ko\u2018p yillik samarali mehnati, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish orqali aholi farovonligini ta\u2019minlash yo\u2018lidagi xizmatlari uchun uni &laquo;Fidokorona xizmatlari uchun&raquo; ordeni bilan mukofotlashga qaror qilganini e\u2019lon qildi.<\/p>\n<p>Shuning bilan Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. \u2013 Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o\u02bbzgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz, \u2013 dedi davlatimiz rahbari. Yig\u02bbilishda ushbu tashabbuslar samarasi, avvalo, aholi uchun zarur infratuzilma va daromad manbalarida ko\u02bbrinishi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21198,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21197","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21197","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21197"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21197\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21199,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21197\/revisions\/21199"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21198"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21197"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21197"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21197"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}