{"id":21203,"date":"2026-11-06T14:34:03","date_gmt":"2026-11-06T09:34:03","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21203"},"modified":"2026-11-06T14:34:03","modified_gmt":"2026-11-06T09:34:03","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%88%d0%b8%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8e-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%88%d0%b8%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8e-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b8.html\/","title":{"rendered":"Tog\u02bb-kon sanoatida ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev \u201cNavoiyuran\u201d korxonasi va \u201cO\u02bbzbekiston texnologik metallar kombinati\u201d aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9822\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/78e93c0a-45c6-5a94-7c39-071ae6785692_lists_slider_.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17919\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/78e93c0a-45c6-5a94-7c39-071ae6785692_lists_slider_.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bugungi kunda jahonda muhim minerallar va metallarga talab jadal o\u02bbsib bormoqda. Xususan, an\u02bcanaviy metallarga talab yiliga o\u02bbrtacha 1 foizga o\u02bbsayotgan bo\u02bblsa, kritik minerallar bozorida bu ko\u02bbrsatkich 10 foizni tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Shunga mos ravishda mamlakatimizda ham mavjud mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish, yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Taqdimotda dastlab \u201cO\u02bbzbekiston texnologik metallar kombinati\u201d faoliyati va uni rivojlantirish rejalari ko\u02bbrib chiqildi.<br \/>\nKombinatda geologiya-qidiruvdan tortib, qazib olish, boyitish, chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo\u02bblgan to\u02bbliq texnologik zanjirni shakllantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yil yakuniga qadar 12 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar turini ko\u02bbpaytirish, yuqori soflikdagi selen va tellur ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari muhim minerallar bo\u02bbyicha istiqbolli loyihalarni tezlashtirib, mavjud 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur, reniy) qo\u02bbshimcha ravishda yana 11 turdagi mahsulot (nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis) ishlab chiqarishni o\u02bbzlashtirish vazifasini qo\u02bbydi. Shuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng jalb etib, qo\u02bbshimcha mineral zaxiralarni aniqlash muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Rejaga ko\u02bbra, 2030-yilgacha 16 turdagi muhim metallar bo\u02bbyicha ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard dollardan oshirish ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, volframni chuqur qayta ishlash bo\u02bbyicha yirik loyihalar ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish uchun 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 2030-yilga borib, ushbu yo\u02bbnalishda ishlab chiqarish hajmini qariyb 2,2 milliard dollarga yetkazish mo\u02bbljallangan.<\/p>\n<p>Shuningdek, noyob va kamyob yer elementlariga boy istiqbolli maydonlarni o\u02bbzlashtirish, kombinatning resurs bazasini kengaytirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan takliflar ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda \u201cNavoiyuran\u201d korxonasining joriy yildagi faoliyati va ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda jahon bozorida uran xomashyosiga talab 15-20 foizga oshgan. 2030-yilgacha esa yana 28 foizga o\u02bbsishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Bunday sharoitda mamlakatimizda uran qazib olish hajmini ko\u02bbpaytirish, yangi konlarni o\u02bbzlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va uran sanoatini zarur resurslar bilan barqaror ta\u02bcminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burg\u02bbilash ishlarini kengaytirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, qo\u02bbshimcha sorbsiya qurilmalarini ishga tushirish hamda 250 ta yangi ish o\u02bbrni yaratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Korxonaning ishlab chiqarish hajmlarini oshirishda zarur kimyoviy reagentlar ta\u02bcminoti muhim o\u02bbrin tutadi. Shu bois, mahalliy sanoat korxonalari o\u02bbrtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislotasini yetkazib berish hajmlarini ko\u02bbpaytirish bo\u02bbyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz ishlab chiqarishda muqobil texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, 2030-yilgacha sulfat kislotasi o\u02bbrnini bosuvchi reagentlar ulushini 40 foizga yetkazish zarurligini qayd etdi.<\/p>\n<p>Umuman, ushbu chora-tadbirlar va yangi ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga 2030-yilgacha uran ishlab chiqarish hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Taqdimot yakunida mutasaddilarga investitsiya loyihalarini o\u02bbz vaqtida amalga oshirish, korxonalarning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash, yangi texnologik quvvatlarni ishga tushirish, yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev \u201cNavoiyuran\u201d korxonasi va \u201cO\u02bbzbekiston texnologik metallar kombinati\u201d aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati.\u00a0 Bugungi kunda jahonda muhim minerallar va metallarga talab jadal o\u02bbsib bormoqda. Xususan, an\u02bcanaviy metallarga talab yiliga o\u02bbrtacha 1 foizga o\u02bbsayotgan bo\u02bblsa, kritik minerallar bozorida bu ko\u02bbrsatkich [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21204,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21205,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions\/21205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21204"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}