{"id":21209,"date":"2026-11-09T11:19:55","date_gmt":"2026-11-09T06:19:55","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21209"},"modified":"2026-11-09T11:19:55","modified_gmt":"2026-11-09T06:19:55","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8-8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8-8.html\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun\u02bciy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bag\u02bbishlangan uchrashuvida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9826\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66947dd3-80d2-18be-29e7-854b69a52784_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17930\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66947dd3-80d2-18be-29e7-854b69a52784_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II, Ozarbayjon va Qirg\u02bbizistonning yuqori darajali vakillari hamda boshqa xorijlik mehmonlar ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta\u02bcminlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, shuningdek, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog\u02bbliq yangi xatar hamda tahdidlar masalalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Davlatlar o\u02bbrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz o\u02bbz nutqida xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi sharoitda Aqaba jarayonining ahamiyatini yuksak baholadi.<\/p>\n<p>Sun\u02bciy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat uchun ulkan imkoniyatlar yaratish bilan birga yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Shu bois, sifatli ta\u02bclim va inson salohiyatini to\u02bbla ro\u02bbyobga chiqarish uchun sharoit yaratish xavfsizlikning muhim poydevori ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ma\u02bcrifat va ilmga intilishdek gumanistik an\u02bcanalarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyg\u02bbunlashtirish maqsadida \u201cInson manfaatlari yo\u02bblida raqamli taraqqiyot\u201d tashabbusini ilgari surdi. Uning asosiy vazifasi sun\u02bciy intellekt salohiyatini bilimlarni keng tarqatish, o\u02bbzaro ishonch muhitini mustahkamlash va shaxs kamoloti uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yo\u02bbnaltirishdan iborat.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sun\u02bciy intellektni boshqarish masalalari bo\u02bbyicha global muloqoti qo\u02bbllab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Global sa\u02bcy-harakatlarga amaliy hissa qo\u02bbshish uchun O\u02bbzbekistonda BMTning Aksilterror boshqarmasi mintaqaviy ofisini ochishga tayyorlik bildirildi. Ushbu ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorchilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantirish kanallarini ishga tushirish va ularning faoliyatini ta\u02bcminlash, terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, mutaxassislar malakasini oshirish hamda ushbu jarayonlarda sun\u02bciy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo\u02bbyicha amaliy ko\u02bbmak ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida \u201cRaqamli davrda jaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d xalqaro dasturini yo\u02bblga qo\u02bbyish taklif etildi. Uning asosiy vazifalari ko\u02bbp tilli axborot resurslarini yaratish, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritishga tayyorlash, islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini targ\u02bbib etayotgan yosh tadqiqotchilarni qo\u02bbllab-quvvatlashdan iborat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari so\u02bbzining yakunida sun\u02bciy intellektning kelajagi nafaqat texnologik taraqqiyotga, balki undan qanday maqsadlarda foydalanishga ham bog\u02bbliq ekanini ta\u02bckidladi. Shu bois, yangi texnologiyalarni tahdidlar manbaiga emas, balki tinchlik, xavfsizlik va inson taraqqiyotini ta\u02bcminlashning qudratli vositasiga aylantirish umumiy intilish bo\u02bblishi lozimligi qayd etildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun\u02bciy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bag\u02bbishlangan uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tadbirda Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21210,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21209","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21209","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21209"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21209\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21211,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21209\/revisions\/21211"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21210"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21209"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21209"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21209"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}