{"id":21235,"date":"2026-11-10T11:53:32","date_gmt":"2026-11-10T06:53:32","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21235"},"modified":"2026-11-10T11:53:32","modified_gmt":"2026-11-10T06:53:32","slug":"%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1.html\/","title":{"rendered":"Pokistonlik investorlar Yangi Toshkentdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish masalalarini muhokama qilish uchun O\u2018zbekistonga tashrif buyurdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Pokistonning \u00abVision Group\u00bb konglomerati qurilayotgan Yangi Toshkent hududida turar joy majmualari, mehmonxonalar, biznes markazlari va savdo obyektlarini o\u2018z ichiga olgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o\u2018rganmoqda, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/ekonomicheskaya-diplomatiya\/pakistanskie-investory-posetili-uzbekistan-dlya-obsuzhdeniya-uchastiya-v\">xabar bermoqda<\/a> \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1793872933008_go3btxvbub.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17958\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1793872933008_go3btxvbub.webp\" alt=\"\" width=\"950\" height=\"534\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston elchixonasi ko\u2018magida 2\u20134-noyabr kunlari \u00abVision Group\u00bb raisi o\u2018rinbosari Abdul Rehman Khan boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Biznes missiyasi doirasida kompaniya vakillari O\u2018zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida muzokaralar o\u2018tkazdilar. Tomonlar istiqbolli loyihalarning umumiy konsepsiyasi, ularning dastlabki ko\u2018lami, moliyalashtirish mexanizmlari hamda amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shartlarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p>Turar joy majmualari, mehmonxonalar, ofis va tijorat obyektlarini qurish, shuningdek, O\u2018zbekistonda developerlik kompaniyasini tashkil etish istiqbollariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Pokiston delegatsiyasi, shuningdek, Yangi Toshkent qurilishi direksiyasiga tashrif buyurib, istiqbolli investitsiya maydonchalari va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda yer uchastkalarining joylashuvi, ulardan foydalanish shartlari, auksionlarda ishtirok etish tartibi, qurilishning texnik parametrlari, muhandislik tarmoqlariga ulanish hamda shaharsozlik talablari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Pokiston tomoni zamonaviy turar joy majmualari, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo va servis obyektlarini birlashtirgan ko\u2018p funksiyali loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida tomonlar aniq loyihalar konsepsiyalari va arxitektura yechimlarini dastlabki tarzda ishlab chiqish, yer uchastkalariga bo\u2018lgan ehtiyojni aniqlash hamda dastlabki moliyaviy hisob-kitoblarni tayyorlashga kelishib oldilar. Shundan so\u2018ng muzokaralarni davom ettirish uchun \u00abVision Group\u00bb rahbariyatining Toshkentga navbatdagi tashrifini tashkil etish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>\u00abBiz ushbu meg loyihada ishtirok etish bo\u2018yicha samarali muzokaralar o\u2018tkazdik. Endilikda bizning vazifamiz \u2014 o\u2018zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda imkon qadar qisqa muddatda amaliy ishlarni boshlash\u00bb, \u2014 dedi Abdul Rehman Khan. Shuningdek, u \u00abVision Group\u00bb Pokistonda bir qator yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Eslatib o\u2018tamiz, 15-oktabr kuni O\u2018zbekiston elchisi Alisher To\u2018xtayev \u00abVision Group\u00bb kompaniyalar guruhi rahbariyati bilan <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/rabochaya-gruppa-pakistanskoy-kompanii-posetit-uzbekistan-dlya\">muzokaralar<\/a> o\u2018tkazgan edi. Unda hamkorlik istiqbollari va Pokiston biznesining O\u2018zbekistondagi loyihalarda ishtirok etishi masalalari muhokama qilingan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pokistonning \u00abVision Group\u00bb konglomerati qurilayotgan Yangi Toshkent hududida turar joy majmualari, mehmonxonalar, biznes markazlari va savdo obyektlarini o\u2018z ichiga olgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o\u2018rganmoqda, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri. O\u2018zbekiston elchixonasi ko\u2018magida 2\u20134-noyabr kunlari \u00abVision Group\u00bb raisi o\u2018rinbosari Abdul Rehman Khan boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo\u2018ldi. Biznes missiyasi doirasida kompaniya vakillari O\u2018zbekiston Investitsiyalar, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21236,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21235","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21235","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21235"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21235\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21237,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21235\/revisions\/21237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21236"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21235"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21235"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21235"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}