{"id":21362,"date":"2026-11-17T11:24:51","date_gmt":"2026-11-17T06:24:51","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21362"},"modified":"2026-11-17T11:24:51","modified_gmt":"2026-11-17T06:24:51","slug":"%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%b0%d1%82%d1%80%d0%b8%d0%b2%d0%b0%d0%b5%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%b0%d1%82%d1%80%d0%b8%d0%b2%d0%b0%d0%b5%d1%82.html\/","title":{"rendered":"Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkentdagi mehmonxona biznesiga investitsiya kiritish imkoniyatlarini ko\u2018rib chiqmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston elchisi Alisher To\u2018xtayev Pokistonning \u201cHashoo Group\u201d kompaniyasi rahbari Murtaza Hashvani bilan uchrashdi, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/pakistanskaya-kompaniya-rassmatrivaet-investicii-v-gostinichnyy-biznes\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1794732570048_zkvcjkwesj.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-18103\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1794732570048_zkvcjkwesj.webp\" alt=\"\" width=\"537\" height=\"302\" \/><\/a><\/p>\n<p>Uchrashuv davomida tomonlar mehmonxona biznesi, turizm, ko\u2018chmas mulk va qurilish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini, ayniqsa, Yangi Toshkentdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko\u2018rib chiqdi.<\/p>\n<p>Kompaniya vakiliga O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar, mamlakatning turizm salohiyati hamda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish rejalari haqida ma\u2019lumot berildi. Xususan, Yangi Toshkentda mehmonxona va savdo majmualarini qurish loyihalari taqdim etildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mehmonxonalar, turar joy va tijorat ko\u2018chmas mulk obyektlarini birlashtirgan zamonaviy ko\u2018p funksiyali majmualarni barpo etish, shuningdek, O\u2018zbekistonning yirik shaharlari va turistik hududlaridagi faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarni Pokiston kompaniyasi boshqaruviga berish imkoniyatlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Murtaza Hashvani kompaniya mehmonxonalarni boshqarish bo\u2018yicha malakali mutaxassislar jamoasiga ega ekanini ta\u2019kidlab, amaliy hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida O\u2018zbekiston tomonining takliflarini tezkorlik bilan o\u2018rganishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida \u201cHashoo Group\u201d mutaxassislarining O\u2018zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi. Tashrif davomida ular mamlakatning investitsiya imkoniyatlari, mehmonxona va tijorat ko\u2018chmas mulki bozori, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda istiqbolli loyihalarni batafsil o\u2018rganadi.<\/p>\n<p>\u201cHashoo Group\u201d \u2014 Pokistonning 50 yildan ortiq faoliyat tajribasiga ega yirik biznes guruhlaridan biri. Kompaniya mehmonxona biznesi, qurilish va ko\u2018chmas mulkni boshqarish, turizm, axborot texnologiyalari hamda tog\u2018-kon sanoati sohalarida faoliyat yuritadi. Uning portfelidan \u201cPearl-Continental Hotels &amp; Resorts\u201d, \u201cPC Legacy\u201d, \u201cHotel One\u201d va \u201cPC Residences\u201d mehmonxona brendlari o\u2018rin olgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston elchisi Alisher To\u2018xtayev Pokistonning \u201cHashoo Group\u201d kompaniyasi rahbari Murtaza Hashvani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. Uchrashuv davomida tomonlar mehmonxona biznesi, turizm, ko\u2018chmas mulk va qurilish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini, ayniqsa, Yangi Toshkentdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko\u2018rib chiqdi. Kompaniya vakiliga O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21363,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21362"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21364,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21362\/revisions\/21364"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21363"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}