{"id":21540,"date":"2026-11-25T11:00:30","date_gmt":"2026-11-25T06:00:30","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=21540"},"modified":"2026-11-25T11:00:30","modified_gmt":"2026-11-25T06:00:30","slug":"%d0%bc%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d0%b7%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b7%d0%b0%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bc%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d0%b7%d0%b8%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b7%d0%b0%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd-5.html\/","title":{"rendered":"Malayziya kompaniyasi O\u2018zbekistonda sholichilik klasterini tashkil etishdan manfaatdor"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning \u00abSilkharvest Agro Sdn. Bhd.\u00bb kompaniyasi boshqaruvchi direktori Muhammad Anvar hamda Malayziya Qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo\u2018jaligini rivojlantirish agentligi (MADA) vakili bilan uchrashdi, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/malaziyskaya-kompaniya-zainteresovana-v-sozdanii-v-uzbekistane\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1795419626881_y4egq2m771l.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-18301\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1795419626881_y4egq2m771l.webp\" alt=\"\" width=\"950\" height=\"535\" \/><\/a><\/p>\n<p>Uchrashuvda O\u2018zbekiston va Malayziya o\u2018rtasida sholichilikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya rahbari O\u2018zbekiston hududlarida sholini yetishtirish va qayta ishlash bo\u2018yicha pilot loyihani amalga oshirishga hamda ushbu maqsadlar uchun Malayziya investitsiyalarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p>Malayziya tomoni taqdim etgan loyiha sholini sanoat miqyosida yetishtirish, xo\u2018jalikni boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etish, sug\u2018orish va drenaj tizimlarini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalashtirish hamda ilg\u2018or dehqonchilik texnologiyalarini tatbiq etishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, loyihada sholini qayta ishlash (qobig\u2018idan ajratish), qadoqlash va yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnik hamkorlik, texnologiyalar transferi va mahalliy kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, barqaror qishloq xo\u2018jaligi ta\u2019minot zanjirlarini shakllantirish hamda tashqi bozorlarga chiqish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Loyiha doirasida MADA \u00abSilkharvest Agro Sdn. Bhd.\u00bb kompaniyasiga texnologik hamkor sifatida ko\u2018maklashishi, sholichilik klasterini tashkil etishda Malayziyaning ilg\u2018or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga yordam berishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>MADA 1970-yilda Malayziya Qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi huzurida tashkil etilgan. Agentlik sholichilik, suv resurslarini boshqarish, sug\u2018orish, qishloq xo\u2018jaligi ishlab chiqarishi va fermerlar daromadlarini oshirish masalalariga ixtisoslashgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning \u00abSilkharvest Agro Sdn. Bhd.\u00bb kompaniyasi boshqaruvchi direktori Muhammad Anvar hamda Malayziya Qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo\u2018jaligini rivojlantirish agentligi (MADA) vakili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. Uchrashuvda O\u2018zbekiston va Malayziya o\u2018rtasida sholichilikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya rahbari O\u2018zbekiston hududlarida sholini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21541,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-21540","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21540","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21540"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21540\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21542,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21540\/revisions\/21542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/21541"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21540"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21540"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21540"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}