Qarzdor bankrot bo’lganda kreditorlar huquqlarini himoya qilish

Qarzdor bankrot bo’lganda kreditorlar huquqlarini himoya qilish

Korxonangizni debitorlik qarzi bor edi, biroq… Sizning qarzdoringiz bankrot deb topildimi?

Zudlik bilan o’z talablaringizni bildiring hamda KREDITORLAR TALABNOMALARI REESTRI – bankrotlik tadbirida asosiy hujjatlardan biri ekanligini unutmang.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 14-moddasiga muvofiq:

“Kreditorlar talabnomalari reestri sud boshqaruvchisi tomonidan yuritiladi…

Kreditorlar talabnomalari reestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha talablari belgilangan miqdori, uning talablaridan har birini qondirish ketma-ketligi to’g’risidagi ma’lumotlar qayd etiladi”.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 36-moddasiga muvofiq:

“Bankrotlik to’g’risidagi ishda qatnashuvchi shaxslar quyidagilardan iborat: qarzdor; sud boshqaruvchisi; mazkur Qonun bilan belgilangan tartibda qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilgan paytdan boshlab kreditorlar”.

Reestrga kiritilgan kreditorlar ishda qatnashuvchi shaxslar maqomiga ega bo’ladilar va o’z talabnomalari faqat Bankrotlik to’g’risidagi Qonun bo’yicha qondirilishi mumkin. Reestrga kiritilmagan kreditorlar esa joriy to’lovlardan tashqari, talabnomalari qondirilmaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 70-moddasida shunday belgilangan:

“Kreditorlarning birinchi yig’ilishida ishtirok qilish uchun kreditorlar rasmiy nashrda qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy qilinganligi to’g’risida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab o’ttiz kun ichida qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilish huquqiga egalar. Kreditorlar talabnomalari kreditorlar tomonidan xo’jalik sudiga, qarzdorga va sud hujjati yoki ushbu talabnomalarning asoslanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan holda vaqtincha boshqaruvchiga yuboriladi”.

Qarzdor bankrotligi ko’rib chiqilishida o’z talabnomalaringizni faol himoya qiling!