-
Advokatlik firmasi faoliyati yo’nalishlari
Advokatlik firmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
– O’zbekiston Respublikasida biznes yuritish bilan bog’liq soliq va har qanday boshqa da’volarda biznesni himoya qilish! Kichik va o’rta biznes tez sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda, shu bilan birga tadbirkorlik, shu jumladan davlatning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi bilan bog’liq nizolar soni ortib bormoqda;
– Biron-bir ishda muvaffaqiyatga erishish uchun tajribali yurist yordamiga tayanish kerak. “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasida har qanday vaziyatda biznesning huquqiy himoyasi ta’minlanishiga yo’naltirilgan ko’mak paketi ishlab chiqilgan.
Siz oddiy himoyadan ko’ra ko’proq manfaat olasiz! Biz tomonimizdan qo’llaniladigan kompleks yondashuv belgilangan vazifalar eng qisqa muddatlarda, shuningdek Siz uchun maksimal foyda bilan hal qilinishini kafolatlaydi. Bunda faoliyatning soliq, iqtisodiy, ma’muriy, shuningdek yuridik sohalarida, ayniqsa, biznesingiz tekshirilayotganda tavakkalchiliklarni kamaytirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solamiz.
Kompaniyangizdagi qonun buzilishlarni oldindan aniqlash va bartaraf qilish orqali Siz uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratamiz!
Bizning mutaxassislarimiz biznes yuritishning nozik sirlari, shuningdek xo’jalik sohasidagi qonunlar masalalari bo’yicha ajoyib bilim va malakaga ega, me’yoriy (normativ) bazadagi barcha o’zgarishlardan muntazam xabardor, shunga muvofiq biz ko’rsatadigan yordam doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda, bu esa biznesning ishonchli huquqiy himoyasini taqdim qilish imkonini beradi. Bunda Siz tomoningizdan taqdim qilingan axborot va ko’rsatilgan xizmatlarning to’liq maxfiyligini kafolatlaymiz.
Yordam turlari
Kompaniyamiz tomonidan biznesni himoyalash sohasida ko’rsatiladigan asosiy yordam turlari quyidagilardan iborat:
- O’zbekiston Respublikasidagi biznesga hamkorlik qilish;
- Horijiy investorlarga daromadni repatriatsiya qilish;
- Dividendlar va xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar bo’yicha qarzlarni undirish;
- Qarzdor bankrot bo’lganda, kreditorlar huquqlarini himoya qilish;
- Mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan o’chirilishidan himoya qilish;
- Soliq da’volashuvlari bo’yicha konsultatsiya va himoya;
- Sug’urta to’lovlari bo’yicha da’volashuvlarda huquqiy himoya qilish, sug’urta tashkilotlari ishtirokida bitimlarni tayyorlashda tavsiyalar ishlab chiqish;
- Mulkni noqonuniy tajovuzlardan huquqiy himoya qilish;
- Xorijiy hamkorlar ishtirokida shartnomalar va boshqa bitimlarni tuzishda huquqiy yordam ko’rsatish;
- Intellektual mulkni himoya qilish;
- Oila huquqi;
- Meros huquqi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz