Firma to’g’risida

Faoliyat shart-sharoitlari

Адвокатская фирма «S.Verenin’s legal group» осуществляет ...

Hamjamiyat

СООБЩЕСТВО Мы являемся членами адвокатской палаты, ...

Ishonch bildiruvchi shaxslar

(Русский) Доверителями Адвокатской фирмы “S.VERENIN’S ...

Menejment

Высшим органом управления Адвокатской фирмы «S.Verenin’s ...

Bizning yondashuv

(Русский) Адвокатская фирма«S.Verenin’s legal group» , ...

Advokatlar
lime-studio-45

SERGEY IVANOVICh VERENIN

TARJIMAI HOLI  Sergey Verenin 2011 yildan “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasining asoschisi, boshqaruvchi ...

lime-studio-35

JAXONGIR YULDAShEVICh MUSAEV

TARJIMAI HOLI Jaxongir Musaev 2015 yildan “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasining hamkori hisoblanadi. ...

lime-studio-40

AZIZA BAXODIROVNA XALLAKOVA

TARJIMAI HOLI Aziza Xallakova 2014 yildan “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasining hamkori hisoblanadi. Aziza ...

lime-studio-40-3

OLESYA YUREVNA BRAGINA

TARJIMAI HOLI Olesya Bragina 2013 yildan “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasining hamkori hisoblanadi. Olesya ...

Amaliyot
(Русский) Медиация

Uzr, lekin ushbu maqola %LANG va % tillarida mavjud

(Русский) Правовая помощь при заключении контрактов и иных сделок с участием иностранных партнеров.

Uzr, lekin ushbu maqola %LANG va % tillarida mavjud

Xorijiy hamkorlar ishtirokida shartnomalar va boshqa bitimlarni tuzishda huquqiy yordam ko’rsatish

Xorijiy hamkorlar ishtirokida shartnomalar va boshqa bitimlarni tuzishda huquqiy yordam ko’rsatish

Siz xorijiy hamkor bilan shartnoma yoki bitim tuzmoqchisiz, Sizga bu masalada huquqiy yordam kerakmi?

Ma’lumki, har qanday tashqi iqtisodiy shartnoma muayyan tavakkalchiliklarni o’z ichiga olib, ularni tajribali huquqshunos (yurist) ishtirokida kamaytirish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik prosessual kodeksida quyidagilar belgilangan:

27-modda. Da’voni javobgar joylashgan joyda taqdim etish

Da’volar javobgar joylashgan joydagi xo’jalik sudiga taqdim etiladi.

Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida bo’linmasi faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo’linma joylashgan joyda taqdim etiladi.

28-modda. Da’vogarning tanlashi bo’yicha sudlovga tegishlilik

Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan da’volar da’vogarning tanlashi bo’yicha javobgarlarning biri joylashgan joydagi xo’jalik sudiga taqdim etiladi.

Qayerdaligi noma’lum bo’lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-mulki joylashgan joydagi yoki O’zbekiston Respublikasidagi ma’lum bo’lgan oxirgi turar joyidagi xo’jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining tashkiloti yoki fuqarosi bo’lgan va ayni paytda boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da’volar da’vogar joylashgan joydagi yoki javobgarning mol-mulki joylashgan joydagi xo’jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.

Ijro etish joyi ko’rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da’volar shartnoma ijro etiladigan joyda taqdim etilishi mumkin.

29-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni aniqlash to’g’risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi

Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni aniqlash to’g’risidagi ishlar arizachi turgan joyda ko’riladi. Binoga, inshootga, yer uchastkasiga egalikni aniqlash to’g’risidagi ishlar bundan mustasno bo’lib, ular bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda ko’riladi.

Shuningdek, O’zbekiston RespublikasiningXo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonuni.

 

10-modda. Xo’jalik shartnomasiga nisbatan qo’yiladigan talablar

Xo’jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

32-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to’lamaganlik yoki o’z vaqtida to’lamaganlik uchun javobgarlik

To’lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to’lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to’lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o’zi to’lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to’laydi.

Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o’z vaqtida to’lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to’lov summasining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorida penya to’laydi.

Biz ko’p yillar davomida xorijiy hamkorlar ishtirokida shartnomalar va boshqa bitimlar tuzishda huquqiy yordam, xalqaro shaxsiy huquq bilan bog’liq masalalarni hal qilish, investisiya loyihalarini tayyorlash va huquqiy yordam bo’yicha xizmatlar ko’rsatib kelmoqdamiz.

Bizning yuristlarimiz yordamida ishonchli shartnomalar tuzing!

Amaliyot
O’zbekiston Respublikasidagi biznesga hamkorlik qilish

 Biznesga hamrohlik qilish

O’zbekistonda biznes yuritmoqchimisiz?!

Kompaniyangiz O’zbekistonda sho’’ba korxonasi ochishni ko’zlamoqdami?

Toki o’z jamoangizni tashkil qilguningizga qadar Sizning mahalliy jamoangiz bo’lamiz!

  • Maqsad qo’ying, vazifani, rivojlanish yo’nalishini va rejalashtirilayotgan operatsiyalar hajmini belgilang, biz esa Sizga O’zbekistondagi eng yaxshi qarorlar, ta’minotlar variantlarini ko’rib chiqish uchun taqdim qilamiz:
  • Kutayotgan natijalaringiz ekspert tarafidan baholanadi;
  • Sarf-xarajatlar smetalari va kalendar rejasini optimallashtiriladi;
  • Yangi kompaniyangiz ro’yxatdan o’tkaziladi;
  • Kompaniyangiz joylashuvi uchun shart-sharoitlar muhayyo qilinadi;
  • Ishlarni boshidan oxirigacha tashkil qilinadi;
  • Barcha mahalliy resurslar jalb qilinadi;
  • Doimiy yuridik hamkorlik ta’minlanadi;
  • Intellektual mulk himoya qilinadi.

Qisqacha aytganda, biz shu yerdamiz va yangi korxonani tashkil qilishda hamda ishni muvaffaqiyatli boshlashda yordam ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz!

 

Horijiy investorlarga daromadni repatriatsiya qilish

O’zbekistondan xalqaro kontraktlar bo’yicha to’lovlar
O’zbekistondan kontrakt to’lovini amalga oshirish lozim-mi?!
Kompaniyangiz O’zbekiston rezidenti bilan oldi-sotdi yoki etkazib berish bo’yicha xalqaro kontrakt tuzmoqchi, biroq Siz O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq yuridik tavakkalchiliklardan xavotirlanyapsizmi?
Biz O’zbekiston Respublikasidagi kontraktingiz yuridik kuzatib borilishini ta’minlashga tayyormiz, bunda quyidagilar ta’minlanadi:
– O’zbekiston Respublikasidagi kontrakt bo’yicha hamkoringizning qonunga itoatkorligi to’g’risida xolis (ob’ektiv) axborot taqdim qilish;
– O’zbekiston Respublikasining valyuta va bank qonun hujjatlari masalalari bo’yicha konsultatsiya;
– O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan yuridik nazorat;
– O’zbekiston Respublikasida xorijiy hamkor oldidagi qarzlarni undirish;
– O’zbekiston rezidentlarining eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, xorijiy etkazib beruvchilar bilan to’lovlar va moliyaviy hisob-kitoblar sxemalarini ishlab chiqish.

Dividendlar bo’yicha qarzlarni undirish

Dividendlar bo’yicha qarzlarni undirish

Siz Jamiyat aktsiyadorisiz, e’lon qilingan foydani olishni mo’ljallagansiz, Jamiyat tomonidan dividendlar to’lovi kechiktirilmoqda yoki umuman to’lanmayaptimi?

Biling-ki, dividendlar olish huquqingiz qonunda mustahkamlangan.

O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 53-moddasida quyidagicha belgilangan: “Jamiyat aktsiyalarning har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart”.

Ushbu qonunning 58-moddasida shunday belgilangan: “Dividendlar aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda emitent tomonidan uning aybi bilan to’lanmagan taqdirda, to’lanmagan va olinmagan dividendlar bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi”.

Aktsiyador, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan e’lon qilingan dividendlar to’lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Rad qilingan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo’llaniladi.

Dividendlar olishda o’z huquqingizni himoya qiling!

 

Qarzdor bankrot bo’lganda kreditorlar huquqlarini himoya qilish

Qarzdor bankrot bo’lganda kreditorlar huquqlarini himoya qilish

Korxonangizni debitorlik qarzi bor edi, biroq… Sizning qarzdoringiz bankrot deb topildimi?

Zudlik bilan o’z talablaringizni bildiring hamda KREDITORLAR TALABNOMALARI REESTRI – bankrotlik tadbirida asosiy hujjatlardan biri ekanligini unutmang.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 14-moddasiga muvofiq:

“Kreditorlar talabnomalari reestri sud boshqaruvchisi tomonidan yuritiladi…

Kreditorlar talabnomalari reestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha talablari belgilangan miqdori, uning talablaridan har birini qondirish ketma-ketligi to’g’risidagi ma’lumotlar qayd etiladi”.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 36-moddasiga muvofiq:

“Bankrotlik to’g’risidagi ishda qatnashuvchi shaxslar quyidagilardan iborat: qarzdor; sud boshqaruvchisi; mazkur Qonun bilan belgilangan tartibda qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilgan paytdan boshlab kreditorlar”.

Reestrga kiritilgan kreditorlar ishda qatnashuvchi shaxslar maqomiga ega bo’ladilar va o’z talabnomalari faqat Bankrotlik to’g’risidagi Qonun bo’yicha qondirilishi mumkin. Reestrga kiritilmagan kreditorlar esa joriy to’lovlardan tashqari, talabnomalari qondirilmaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 70-moddasida shunday belgilangan:

“Kreditorlarning birinchi yig’ilishida ishtirok qilish uchun kreditorlar rasmiy nashrda qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy qilinganligi to’g’risida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab o’ttiz kun ichida qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilish huquqiga egalar. Kreditorlar talabnomalari kreditorlar tomonidan xo’jalik sudiga, qarzdorga va sud hujjati yoki ushbu talabnomalarning asoslanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan holda vaqtincha boshqaruvchiga yuboriladi”.

Qarzdor bankrotligi ko’rib chiqilishida o’z talabnomalaringizni faol himoya qiling!

 

Mol-mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan chiqarilishidan himoya qilish.

Mol-mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan chiqarilishidan himoya qilish.

Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi hisoblanasiz, biroq ular asossiz ravishda musodara qilindimi?

O’z huquqingiz uchun kurashing va mulk mutloq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang!!!

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:

“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:

“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.

Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.

“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:

“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.

O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!

Soliq nizolari bo’yicha konsultatsiya va himoya

Siz yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanasiz… Soliq solish masalalari bo’yicha soliq konsultatsiyasi kerakmi? Korporativ soliqni rejalashtirish kerakmi? Bizning yuristlarimizga murojaat qiling.

Biz korporativ soliqni rejalashtirish, qo’shib yuborish va birlashtirish, shuningdek korporativ moliyalash kabi korporativ biznes-operatsiyalar bilan bog’liq murakkab va multi-yurisdiktsiya soliq masalalarini hal qilish sohalarida faoliyat yuritamiz.   

Bizning advokatlarimiz jamoasi korporatsiyalar va moliya institutlari uchun barcha regionlarda soliqqa oid konsultatsiyarni taklif qiladi. Shuningdek, biz jismoniy shaxslar – norezidentlar va korporatsiyalarga soliq solish masalalari bo’yicha konsultatsiyalar beramiz. Soliqni rejalashtirishga ham amaliy, ham ijodiy tarafdan kompleks yondashuvimiz esa optimal soliq foydasini olish uchun investor mamlakatdagi soliqqa oid qonunchilik va amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Biz quyidagilarni taqdim qilamiz:

  • optimal soliq foydasini olish uchun investor mamlakatdagi soliq qonunchiligi va amaliyotini hisobga oladigan soliqni rejalashtirishga kompleks va amaliy yondashuv;
  • quyidagi muhim sektorlarda muayyan tajriba: moliya muassasalari, energetika, infratuzilma, xom-ashyo olish, transport.

Faoliyatimiz sohalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • bojxona bojlari va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari;
  • jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish;
  • foydali qazilmalarni qazib olish uchun soliq;
  • soliqni rejalashtirish;
  • transchegara moliyalashtirish soliq tuzilmalari;
  • yagona ijtimoiy soliq;
  • QQS va foyda solig’i.

Biznesni, shuningdek, xalqaro soliqqa tortish masalalarining yuridik nozik tomonlarini yaxshi tushunamiz. Muammolaringizning biznesga yo’naltirilgan yechimlarini taklif etishga intilamiz.

Sizga soliq masalalaringizni hal qilishda yordam beramiz!

Sug’urta to’lovlari bo’yicha nizolarda huquqiy himoya

Siz sug’urta firmasi yoki jismoniy shaxs bo’lsangiz,

sug’urta tashkilotlari ishtirokida bitimlar tayyorlashda tavsiyalar kerak,

Sizda sug’urta hodisasi yuzaga keldimi?

Sug’urta badali to’lovi nizoli hisoblanadimi?..

Biling-ki,

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “SUG’URTA FAOLIYATI TO’G’RISIDA”GI QONUNIDA QUYIDAGIChA BELGILANGAN:

28-modda. Nizolarni hal etish

Sug’urta faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

29-modda. Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

Firmamiz Sizga sug’urta tashkilotlari ishtirokida bitimlarni tayyorlashda tavsiyalar ishlab chiqishda ko’maklashadi. Bitimdan ko’chmas mulkkacha har qanday ob’ektni sug’urtalash turini tanlashda yordam ko’rsatadi. Sug’urta munosabatlari bilan bog’liq nizolarni hal qilishda hakamlik sudlarida, umumiy yurisdiktsiyali sudlarida vakil bo’ladi.

Sug’urta hodisasi yuzaga kelganda o’z huquqlaringizni faol himoya qiling!

Mulkingizni huquqiy himoya qilish

Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi bo’lsangiz-u, mulkingizga asossiz ravishda tajovuz qilinayotgan bo’lsa…

Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:

“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:

“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.

Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.

“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:

“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.

 

Advokatlik firmamiz mutaxassislari Mijozning topshirig’i bo’yicha korxonalarning yuridik tekshiruvlari o’tkazilishini (due diligence), shuningdek yer va boshqa ko’chmas mulkka oid bitimlar bo’yicha huquqiy hamrohlikni (huquqni belgilaydigan hujjatlar va ko’chmas mulk ob’ektining “huquqiy tarixi” o’rganilishini, unga egalik qilish, boshqalar ixtiyoriga o’tkazish huquqiy kontseptsiyasini ishlab chiqish, bitimlarga soliq solinishini optimallashtirish, shartnoma loyihasini tayyorlash, zarur hollarda notarius, baholovchi, sug’urta tashkiloti jalb qilinishini) amalga oshiradilar.

O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!

Intellektual mulkni himoya qilish

Basharti intellektual mulkning muallifi hisoblansangiz, intellektual faoliyatingiz natijasidan noqonuniy foydalanilganlik yoki “pirat”likdan zarar ko’rayotgan bo’lsangiz…

Biling-ki, ijodiy faoliyatingizga nisbatan huquqlaringiz (mualliflik huquqlari) va ijodiy yutuqlaringizdan o’zgalarning foydalanish huquqi (foydalanish huquqi) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, aynan 42-moddasida esa shunday belgilangan:

42-modda. Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.

1997 yil 1 martda joriy qilingan (2010 yilda so’nggi o’zgartirishlar kiritilgan) O’zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksi ham Sizning intellektual mulkka nisbatan huquqlaringizni mustahkamlaydi.

81-modda. Fuqarolik huquqlari ob’ektlarining turlari

Fuqarolik huquqlarining ob’ektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.

Intellektual faoliyat natijalari uchun huquqlar nomoddiy boyliklarga taalluqlidir.

97-modda. Intellektual faoliyat natijalari

Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaxsning bu natijalarga tenglashtirilgan o’ziga xos vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi.

Mutlaq huquq ob’ekti bo’lgan intellektual faoliyat natijalari va o’ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina foydalanishlari mumkin.

Intellektual mulkka bo’lgan o’z huquqingizni himoya qiling!

 

Meros huquqi

Meros beruvchi yoki merosxo’r hisoblansangiz, biroq quyidagilardan xabardor bo’lmasangiz:

– merosni qanday rasmiylashtirish, olish kerak?

– merosga qanday kirish kerak?

yoki

– uni qanday tasarruf qilish kerak?

bu savollaringizga bizda javob bor.

Biling-ki, ushbu barcha savollar qonun hujjatlari bilan tartibga solingan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida esa aynan shunday belgilangan:

1112-modda. Meros olish uchun asoslar

Meros olish vasiyatnoma va qonun bo’yicha amalga oshiriladi.

Vasiyatnoma mavjud bo’lmagan yoxud butun meros taqdirini belgilamagan taqdirda, shuningdek mazkur Kodeks bilan belgilangan boshqa holatlarda meros olish qonun bo’yicha amalga oshiriladi.

1118-modda. Merosxo’rlar

Vasiyatnoma va qonun bo’yicha meros ochilgan paytda hayot bo’lgan fuqarolar, shuningdek meros beruvchi hayotligida homilador bo’lgan va meros ochilgandan so’ng tirik tug’ilgan bolalari merosxo’r bo’lishlari mumkin.

Meros ochilgan paytga kelib tashkil qilingan yuridik shaxslar, davlat va fuqarolar o’zini-o’zi boshqaruv organlari ham vasiyatnoma bo’yicha voris bo’lishlari mumkin.

1116-modda. Merosning ochilishi

Fuqaro vafoti yoki sud tomonidan vafot qilgan deb e’lon qilinishi oqibatida meros ochiladi.

Meros beruvchi vafot etgan kun (zarur hollarda, payt), sud tomonidan vafot qilgan deb e’lon qilinganda esa – fuqaro vafot qilgan deb e’lon qilinishi to’g’risida sud qarori kuchga kirgan kun, agar sud qarorida boshqa kun ko’rsatilmagan bo’lsa, meros ochilgan vaqt deb e’tirof qilinadi.

Agar bir kalendar sutkasi (yigirma to’rt soat) mobaynida biri ikkinchisidan keyin meros olish huquqiga ega shaxslar vafot qilsa, ular bir vaqtda vafot etgan deb e’tirof qilinadi, meros ularning har biridan keyin ochiladi va meros olish uchun ulardan har birining merosxo’rlari chaqiriladi.

Merosga  ega bo’lish yoki merosga tegishli nizolar bilan bog’liq muammolaringizni hal qilishda yordam beramiz!

 

Oila huquqi

Siz nikoh shartnomasini tuzishni istasangiz yoki

Sizga nikohdan ajratish jarayonida yordam kerak bo’lsa,

Bizning yuristlarimiz yordam beradi!

Ma’lumki, nikoh shartnomasini tuzish O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq qonun bilan mustahkamlangan:

29-modda. Nikoh shartnomasi

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.

36-modda. Er-xotin o’rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar

Er-xotin qonunda yo’l qo’yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o’zaro kirishishga haqlidir.

Er-xotin o’rtasida tuzilgan, ulardan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.

37-modda. Nikohning tugatilish asoslari

Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.

Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo’li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.

 

Bizning yuristlarimiz Sizga yordam beradi!

 

Yangiliklar
  • (Русский) Развитие торговли

    (Русский) Парламентарии Узбекистана и России договорились о создание органа, который займется расчетами товаров в ...

  • (Русский) Привлечение кадров

    (Русский) Вышло Постановление о создание благоприятных условий для квалифицированных иностранных специалистов

  • (Русский) Развитие ГЧП

    (Русский) К улучшению дорожной инфраструктуры планируется привлечь бизнес

  • (Русский) Изменение госпошлин

    (Русский) Внесены изменения в ставки государственной пошлины

Все новости

Blog

Вид на жительство за инвестиции

Современный мир движется к глобализации. Все больше людей с целью обеспечения своего и семейного комфортного уровня жизни, заграничного образования своих детей и безопасности своих активов, а также возможности свободно перемещаться по миру стремятся получить вид на жительство (далее ВНЖ) или ...

Без имени-2

(Русский) Как обезопасить себя

(Русский) давая деньги в долг.

Без имени-4

(Русский) и снова алименты

(Русский) Порядок взыскания с одного из родителей

Xabardor bo'ling

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling
Newsletter