Menejment

Hamkorlar (sheriklar) umumiy yig’ilishi «S.Verenin’s legal group»  advokatlik firmasining oliy boshqaruv organi hisoblanadi, joriy faoliyatga rahbarlik esa Ustav asosida, shuningdek hamkorlar vakolatnomalariga muvofiq faoliyat yuritadigan hamda shartnomalar tuzish va firmaning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida Firma nomidan vakil bo’ladigan firmaning boshqaruvchi hamkori Sergey Ivanovich Verenin zimmasiga yuklangan.

Bundan tashqari, u advokat sifatida quyidagilarni amalga oshiradi:

– yuridik yordam, shu jumladan xorijiy investorlarni himoya qilish;

– advokatlik firmasining chet eldagi faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish;

– qo’shib yuborish va birlashtirish (yutish) sohasidagi masalalar bo’yicha konsultatsiyalar;

– boshqaruv, shuningdek yuridik, moliya, iqtisodiy, tijorat va biznes masalalari bo’yicha maxsus chuqurlashtirilgan konsultatsiyalar;

– iqtisodiy jinoyatlar bo’yicha Hakamlik va Jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda himoya qilish;

– boshqa advokatlik firmalarining advokatlik faoliyati va firmaga ishonch bildiruvchi shaxslarni advokatlik himoya qilish bo’yicha faoliyatni o’zaro muvofiqlashtirish.