14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev “Societe Generale” bankining MDH mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktori Teyba Guliyeva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
“Societe Generale” korporativ va investitsiya-bank xizmatlari, aktivlarni boshqarish hamda barqaror moliyalashtirishga ixtisoslashgan Yevropadagi eng yirik moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. Guruh 60 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi hamda ESG va “yashil” moliyalashtirish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonning moliyaviy va korporativ sektorlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, investitsiya-bank xizmatlarini rivojlantirish, yevrobondlar chiqarish, sindikatsiyalangan kreditlarni jalb qilish hamda kapital bozorining boshqa vositalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, tog‘-kon sanoati, texnologik va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, energetika va infratuzilma sohalaridagi investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz