2024-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon investitsiya agentligi ...
Shu yilning 28-iyun kuni poytaxtimizda “Made in Pakistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deb ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi ...
O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Anjey Dixa bilan ...
Uzr, lekin ushbu maqola %LANG va % tillarida mavjud
Uzr, lekin ushbu maqola %LANG va % tillarida mavjud
Uzr, lekin ushbu maqola %LANG va % tillarida mavjud
Адвокатская фирма «S.Verenin’s legal group» осуществляет ...
СООБЩЕСТВО Мы являемся членами адвокатской палаты, ...
(Русский) Доверителями Адвокатской фирмы “S.VERENIN’S ...
Высшим органом управления Адвокатской фирмы «S.Verenin’s ...
(Русский) Адвокатская фирма«S.Verenin’s legal group» , ...
Advokatlik firmasi faoliyati yo’nalishlari
Advokatlik firmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
– O’zbekiston Respublikasida biznes yuritish bilan bog’liq soliq va har qanday boshqa da’volarda biznesni himoya qilish! Kichik va o’rta biznes tez sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda, shu bilan birga tadbirkorlik, shu jumladan davlatning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi bilan bog’liq nizolar soni ortib bormoqda;
– Biron-bir ishda muvaffaqiyatga erishish uchun tajribali yurist yordamiga tayanish kerak. “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasida har qanday vaziyatda biznesning huquqiy himoyasi ta’minlanishiga yo’naltirilgan ko’mak paketi ishlab chiqilgan.
Siz oddiy himoyadan ko’ra ko’proq manfaat olasiz! Biz tomonimizdan qo’llaniladigan kompleks yondashuv belgilangan vazifalar eng qisqa muddatlarda, shuningdek Siz uchun maksimal foyda bilan hal qilinishini kafolatlaydi. Bunda faoliyatning soliq, iqtisodiy, ma’muriy, shuningdek yuridik sohalarida, ayniqsa, biznesingiz tekshirilayotganda tavakkalchiliklarni kamaytirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solamiz.
Kompaniyangizdagi qonun buzilishlarni oldindan aniqlash va bartaraf qilish orqali Siz uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratamiz!
Bizning mutaxassislarimiz biznes yuritishning nozik sirlari, shuningdek xo’jalik sohasidagi qonunlar masalalari bo’yicha ajoyib bilim va malakaga ega, me’yoriy (normativ) bazadagi barcha o’zgarishlardan muntazam xabardor, shunga muvofiq biz ko’rsatadigan yordam doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda, bu esa biznesning ishonchli huquqiy himoyasini taqdim qilish imkonini beradi. Bunda Siz tomoningizdan taqdim qilingan axborot va ko’rsatilgan xizmatlarning to’liq maxfiyligini kafolatlaymiz.
Yordam turlari
Kompaniyamiz tomonidan biznesni himoyalash sohasida ko’rsatiladigan asosiy yordam turlari quyidagilardan iborat:
Biznesga hamrohlik qilish
O’zbekistonda biznes yuritmoqchimisiz?!
Kompaniyangiz O’zbekistonda sho’’ba korxonasi ochishni ko’zlamoqdami?
Toki o’z jamoangizni tashkil qilguningizga qadar Sizning mahalliy jamoangiz bo’lamiz!
Qisqacha aytganda, biz shu yerdamiz va yangi korxonani tashkil qilishda hamda ishni muvaffaqiyatli boshlashda yordam ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz!
O’zbekistondan xalqaro kontraktlar bo’yicha to’lovlar
O’zbekistondan kontrakt to’lovini amalga oshirish lozim-mi?!
Kompaniyangiz O’zbekiston rezidenti bilan oldi-sotdi yoki etkazib berish bo’yicha xalqaro kontrakt tuzmoqchi, biroq Siz O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq yuridik tavakkalchiliklardan xavotirlanyapsizmi?
Biz O’zbekiston Respublikasidagi kontraktingiz yuridik kuzatib borilishini ta’minlashga tayyormiz, bunda quyidagilar ta’minlanadi:
– O’zbekiston Respublikasidagi kontrakt bo’yicha hamkoringizning qonunga itoatkorligi to’g’risida xolis (ob’ektiv) axborot taqdim qilish;
– O’zbekiston Respublikasining valyuta va bank qonun hujjatlari masalalari bo’yicha konsultatsiya;
– O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan yuridik nazorat;
– O’zbekiston Respublikasida xorijiy hamkor oldidagi qarzlarni undirish;
– O’zbekiston rezidentlarining eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, xorijiy etkazib beruvchilar bilan to’lovlar va moliyaviy hisob-kitoblar sxemalarini ishlab chiqish.
Dividendlar bo’yicha qarzlarni undirish
Siz Jamiyat aktsiyadorisiz, e’lon qilingan foydani olishni mo’ljallagansiz, Jamiyat tomonidan dividendlar to’lovi kechiktirilmoqda yoki umuman to’lanmayaptimi?
Biling-ki, dividendlar olish huquqingiz qonunda mustahkamlangan.
O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 53-moddasida quyidagicha belgilangan: “Jamiyat aktsiyalarning har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart”.
Ushbu qonunning 58-moddasida shunday belgilangan: “Dividendlar aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda emitent tomonidan uning aybi bilan to’lanmagan taqdirda, to’lanmagan va olinmagan dividendlar bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi”.
Aktsiyador, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan e’lon qilingan dividendlar to’lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Rad qilingan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo’llaniladi.
Dividendlar olishda o’z huquqingizni himoya qiling!
Qarzdor bankrot bo’lganda kreditorlar huquqlarini himoya qilish
Korxonangizni debitorlik qarzi bor edi, biroq… Sizning qarzdoringiz bankrot deb topildimi?
Zudlik bilan o’z talablaringizni bildiring hamda KREDITORLAR TALABNOMALARI REESTRI – bankrotlik tadbirida asosiy hujjatlardan biri ekanligini unutmang.
O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 14-moddasiga muvofiq:
“Kreditorlar talabnomalari reestri sud boshqaruvchisi tomonidan yuritiladi…
Kreditorlar talabnomalari reestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha talablari belgilangan miqdori, uning talablaridan har birini qondirish ketma-ketligi to’g’risidagi ma’lumotlar qayd etiladi”.
O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 36-moddasiga muvofiq:
“Bankrotlik to’g’risidagi ishda qatnashuvchi shaxslar quyidagilardan iborat: qarzdor; sud boshqaruvchisi; mazkur Qonun bilan belgilangan tartibda qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilgan paytdan boshlab kreditorlar”.
Reestrga kiritilgan kreditorlar ishda qatnashuvchi shaxslar maqomiga ega bo’ladilar va o’z talabnomalari faqat Bankrotlik to’g’risidagi Qonun bo’yicha qondirilishi mumkin. Reestrga kiritilmagan kreditorlar esa joriy to’lovlardan tashqari, talabnomalari qondirilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonuni 70-moddasida shunday belgilangan:
“Kreditorlarning birinchi yig’ilishida ishtirok qilish uchun kreditorlar rasmiy nashrda qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy qilinganligi to’g’risida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab o’ttiz kun ichida qarzdorga o’z talabnomalarini taqdim qilish huquqiga egalar. Kreditorlar talabnomalari kreditorlar tomonidan xo’jalik sudiga, qarzdorga va sud hujjati yoki ushbu talabnomalarning asoslanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan holda vaqtincha boshqaruvchiga yuboriladi”.
Qarzdor bankrotligi ko’rib chiqilishida o’z talabnomalaringizni faol himoya qiling!
Mol-mulkning asossiz xatlanishi va ro’yxatdan chiqarilishidan himoya qilish.
Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi hisoblanasiz, biroq ular asossiz ravishda musodara qilindimi?
O’z huquqingiz uchun kurashing va mulk mutloq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang!!!
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:
“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:
“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.
“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:
“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.
O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!
Siz yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanasiz… Soliq solish masalalari bo’yicha soliq konsultatsiyasi kerakmi? Korporativ soliqni rejalashtirish kerakmi? Bizning yuristlarimizga murojaat qiling.
Biz korporativ soliqni rejalashtirish, qo’shib yuborish va birlashtirish, shuningdek korporativ moliyalash kabi korporativ biznes-operatsiyalar bilan bog’liq murakkab va multi-yurisdiktsiya soliq masalalarini hal qilish sohalarida faoliyat yuritamiz.
Bizning advokatlarimiz jamoasi korporatsiyalar va moliya institutlari uchun barcha regionlarda soliqqa oid konsultatsiyarni taklif qiladi. Shuningdek, biz jismoniy shaxslar – norezidentlar va korporatsiyalarga soliq solish masalalari bo’yicha konsultatsiyalar beramiz. Soliqni rejalashtirishga ham amaliy, ham ijodiy tarafdan kompleks yondashuvimiz esa optimal soliq foydasini olish uchun investor mamlakatdagi soliqqa oid qonunchilik va amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Biz quyidagilarni taqdim qilamiz:
Faoliyatimiz sohalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Biznesni, shuningdek, xalqaro soliqqa tortish masalalarining yuridik nozik tomonlarini yaxshi tushunamiz. Muammolaringizning biznesga yo’naltirilgan yechimlarini taklif etishga intilamiz.
Sizga soliq masalalaringizni hal qilishda yordam beramiz!
Siz sug’urta firmasi yoki jismoniy shaxs bo’lsangiz,
sug’urta tashkilotlari ishtirokida bitimlar tayyorlashda tavsiyalar kerak,
Sizda sug’urta hodisasi yuzaga keldimi?
Sug’urta badali to’lovi nizoli hisoblanadimi?..
Biling-ki,
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “SUG’URTA FAOLIYATI TO’G’RISIDA”GI QONUNIDA QUYIDAGIChA BELGILANGAN:
28-modda. Nizolarni hal etish
Sug’urta faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Firmamiz Sizga sug’urta tashkilotlari ishtirokida bitimlarni tayyorlashda tavsiyalar ishlab chiqishda ko’maklashadi. Bitimdan ko’chmas mulkkacha har qanday ob’ektni sug’urtalash turini tanlashda yordam ko’rsatadi. Sug’urta munosabatlari bilan bog’liq nizolarni hal qilishda hakamlik sudlarida, umumiy yurisdiktsiyali sudlarida vakil bo’ladi.
Sug’urta hodisasi yuzaga kelganda o’z huquqlaringizni faol himoya qiling!
Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi bo’lsangiz-u, mulkingizga asossiz ravishda tajovuz qilinayotgan bo’lsa…
Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:
“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:
“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.
“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:
“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.
Advokatlik firmamiz mutaxassislari Mijozning topshirig’i bo’yicha korxonalarning yuridik tekshiruvlari o’tkazilishini (due diligence), shuningdek yer va boshqa ko’chmas mulkka oid bitimlar bo’yicha huquqiy hamrohlikni (huquqni belgilaydigan hujjatlar va ko’chmas mulk ob’ektining “huquqiy tarixi” o’rganilishini, unga egalik qilish, boshqalar ixtiyoriga o’tkazish huquqiy kontseptsiyasini ishlab chiqish, bitimlarga soliq solinishini optimallashtirish, shartnoma loyihasini tayyorlash, zarur hollarda notarius, baholovchi, sug’urta tashkiloti jalb qilinishini) amalga oshiradilar.
O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!
Basharti intellektual mulkning muallifi hisoblansangiz, intellektual faoliyatingiz natijasidan noqonuniy foydalanilganlik yoki “pirat”likdan zarar ko’rayotgan bo’lsangiz…
Biling-ki, ijodiy faoliyatingizga nisbatan huquqlaringiz (mualliflik huquqlari) va ijodiy yutuqlaringizdan o’zgalarning foydalanish huquqi (foydalanish huquqi) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, aynan 42-moddasida esa shunday belgilangan:
42-modda. Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.
1997 yil 1 martda joriy qilingan (2010 yilda so’nggi o’zgartirishlar kiritilgan) O’zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksi ham Sizning intellektual mulkka nisbatan huquqlaringizni mustahkamlaydi.
81-modda. Fuqarolik huquqlari ob’ektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining ob’ektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
Intellektual faoliyat natijalari uchun huquqlar nomoddiy boyliklarga taalluqlidir.
97-modda. Intellektual faoliyat natijalari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaxsning bu natijalarga tenglashtirilgan o’ziga xos vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi.
Mutlaq huquq ob’ekti bo’lgan intellektual faoliyat natijalari va o’ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina foydalanishlari mumkin.
Intellektual mulkka bo’lgan o’z huquqingizni himoya qiling!
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz