23–24-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, Urgut tumanidagi “Jartepa” erkin savdo zonasini tashkil etish jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, eksportni rivojlantirish masalalari yuzasidan mas’ul shaxslar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Joyida savdo va logistika infratuzilmasini yaratish, bojxona nazoratini tashkil etish, kirish yo‘llarini qurish hamda Tojikiston bilan chegaradan o‘tish tartiblarini soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi hamda Panjikent shahri ma’muriyati vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida chegaraoldi savdosini tashkil etish shartlari va zonani ishga tushirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.
Shuningdek, hududning 50 nafardan ortiq eksportchisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Logistika, bojxona tartib-taomillari, moliyalashtirish va sertifikatlashtirish masalalariga oid 30 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi.
Tashrif yakunida “Jartepa” zonasini ishga tushirishni jadallashtirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul ijrochilar, muddatlar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz