26-sentabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov ISSV tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston – Xitoy” hududlararo savdo-iqtisodiy forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Forum ikki mamlakat davlat organlari va ishbilarmon doiralarining 400 ga yaqin vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar orasida Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, SilkRoad Industrial Cooperation Center, Shaanxi Yulin Energy Group va China Civil Engineering Construction Corporation vakillari hamda boshqalar bo‘ldi.
Xitoylik hamkorlarga Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy salohiyati, hudud resurslari, investorlar uchun imtiyozlar va istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Tomonlar tog‘-kon sanoati, geologiya, IT va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Forum yakunlari bo‘yicha ushbu va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 400 mln dollardan ortiq bo‘lgan qator bitimlar imzolandi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz