Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston elchixonasida «Goldman Sachs» xalqaro investitsiya bankining rivojlanayotgan bozorlardagi savdo bo‘yicha ijrochi direktori Grigoriy Goncharov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tomonlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash, bankning mahalliy bozordagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro moliya maydonchalari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar davomida «Goldman Sachs» vakili bankning O‘zbekiston Markaziy banki bilan ko‘p yillik hamkorligini qayd etdi. Shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi va uning xalqaro moliya bozorlariga faol integratsiyalashuvini inobatga olgan holda, respublika bilan sheriklikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida «Goldman Sachs» vakillarining O‘zbekistonning yetakchi korxonalari va tijorat banklari rahbariyati bilan muzokaralarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bo‘lajak muloqotlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash va tomonlar o‘rtasidagi amaliy aloqalarni kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz