19-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda O’zbekistonga investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston hududida qo‘shma sanoat zonalarini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlarni joylashtirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va texnologik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz