2025-yil 16-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov va vazirlik mutasaddilari Hindiston Ko‘mir vazirligi vakili Rupinder Brar rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sohaga qaratilayotgan e’tibor, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shaffof mexanizmlar asosida tadbirkorlarga taklif etilayotgan yer qa’ri uchastkalari va boshqa masalalar haqida mehmon tomonga ma’lumot berildi.
Shuningdek, ko‘mir sanoati loyihalarini amalga oshirishda Hindiston investitsiyalarini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz