Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Qozog‘istonning “Terra GeoCube” kompaniyasi boshqaruv raisi Krimbek Kusherbayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar IT sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma raqamli tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz