Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–143-son, 17.04.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga muvofiq, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi tashkil etiladi. Mazkur zonaning hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi belgilangan.
Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- mayning faoliyatini amalga oshirish uchun yagona elektroenergetika tizimi elektr energiyasidan, barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan hamda vodorod elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan energiyadan foydalanish;
- mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish va (yoki) ularni boshqa likvid kripto-aktivlarga ayirboshlash.
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi tashkil etiladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar beruvchi ishchi organ etib belgilangan.
Yuridik shaxslar maxsus zona rezidenti maqomini olish va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida Direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.
Maxsus zona rezidentlarining mayning faoliyatidan olingan daromadlari 2035-yil 1-yanvargacha soliqlar va yig‘imlardan ozod etiladi.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz