Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikrlar almashildi

Joriy yilning 29-iyul kuni, Iqtisodiyot va moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi. Unda o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida (IFC) bilan amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati yuzasidan fikr almashilib, ularni jadallashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, ta’lim, suv xo‘jaligi va transport sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishning keyingi bosqichlari hamda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, ustuvor yo‘nalishlarda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.