19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Chaudhary Group (Nepal) xalqaro kompaniyalar guruhi raisi Binod Chaudhary bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar oziq-ovqat sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Mehmonxona biznesi va ko‘chmas mulkni rivojlantirish, xususan, mahalliy hamkorlar ishtirokida mehmonxona majmualarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, energetika, infratuzilma qurilishi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ustuvor loyihalar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz