Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Bluestone Investment Bank prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Bluestone Investment Bank prezidenti Quinn Martin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish, mahalliy kompaniyalarning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli xorijiy investitsiyalarni jalb etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha xalqaro investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli investitsiya tashabbuslarini ilgari surish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi