26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirining barqaror shaharlar va transportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jerar Volf bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Uchrashuvda Fransiyaning Alstom, SUEZ, Veolia, EDF, MND, Dassault Systèmes, IVECO va Wilmotte & Associés kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, energetika, transport, suv ta’minoti, kommunal infratuzilma, raqamlashtirish, turizm va shaharsozlik sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ilg‘or fransuz texnologiyalarini joriy etish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz