O‘zbekiston elchixonasida Yaponiyaning «Interactive Corporation» kompaniyasi prezidenti Takehiko Izuka bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Yaponiya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari hamda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida xabardor qilindi.
Yaponiyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, sanoat korxonalariga zamonaviy uskunalarni joriy qilish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sanoat oqova suvlarini qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar texnologiyalar transferi va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Bu O‘zbekistonning texnologik salohiyatini rivojlantirish va yaponiyalik hamkorlar bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, «Interactive Corporation» kompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaponiya ishlab chiqarishidagi yuqori texnologiyali sanoat va tahliliy uskunalarni yetkazib berish, texnologiyalar transferi, shuningdek, sanoat korxonalari uchun kompleks texnologik yechimlarni joriy etishga ixtisoslashgan.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz