23–24-noyabr kunlari Ammonda «O‘zbekiston–Iordaniya» biznes-forumi va qo‘shma ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi matbuot xizmati.
Forum va qoshma ko‘rgazmasi O‘zbekiston va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo‘ladi. Tadbir ikki mamlakatning davlat organlari, investitsiya hamjamiyati va ishbilarmon doiralari vakillarini bir maydonda jamlaydi.
Tadbir kun tartibida quyidagi yo‘nalishlar o‘rin oladi: to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, mudofaa sanoati, mebel ishlab chiqarish, elektr va elektron uskunalar, tog‘-kon sanoati hamda logistika.
Agar kompaniyangiz iordaniyalik hamkorlar bilan yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Yaqin Sharq bozorlariga chiqish yoki mavjud hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lsa, sizni O‘zbekiston–Iordaniya biznes-forumi va qoshma ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz