4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Polsha Savdo palatasi prezidenti Andjey Arendarskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar O‘zbekiston–Polsha savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zaro savdo hajmini oshirish, Polsha investitsiyalarini jalb etish, turizm, axborot texnologiyalari, qurilish, yashil energetika, logistika, farmatsevtika, ta’lim va migratsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Polsha kompaniyalari bilan qayta tiklanuvchi energetika va qurilish loyihalarini amalga oshirish, jumladan, Yangi Toshkentni rivojlantirish doirasidagi amaliy hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, biznes delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz