5–10-noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligida Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan 9-Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasida (CIIE) ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Milliy pavilyonda O‘zbekistonning sanoat va eksport salohiyati namoyish etildi. Asosiy e’tibor mahalliy mahsulotlarni Xitoy bozoriga olib chiqish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratildi.
Alibaba, Hema, Dewu, Xiaohongshu va UnionPay vakillari bilan uchrashuvlarda elektron tijoratni rivojlantirish, mahsulotlarni xalqaro marketpleyslar orqali ilgari surish, logistika va transchegaraviy to‘lovlar masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari va ishbilarmonlik birlashmalari bilan savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz