10–11-noyabr kunlari Vashington shahriga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Ishbilarmonlar yigirmataligi” (B20) sammitida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ushbu muhim tadbirlar doirasida AQSh savdo vaziri Hovard Latnik, AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi Maykl Jerimayya hamda Pentagonning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha mudofaa siyosatiga mas’ul vakili Maykl DiMino bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro savdoning ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2025-yilda tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 mlrd AQSh dollaridan oshdi, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida esa 905 mln AQSh dollariga yetdi va 20% ga o‘sdi.
Hamkorlik dasturi doirasida tomonlar umumiy qiymati 35 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 78 ta qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari, Vashingtonda KBR, Plug Power, DFC rahbariyati hamda AQShning boshqa yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, amaldagi loyihalarni amalga oshirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz