O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘mon Sultonligiga davlat tashrifi arafasida Maskat shahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, elektrotexnika, energetika, kimyo va tog‘-kon sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi hamda raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, Ummon kapitalini developerlik va turizm loyihalariga jalb etish, moliyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kelishuvlarga erishildi – logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, eksport yetkazib berish hajmini kengaytirish va istiqbolli investitsiya tashabbuslarini ilgari surish bo‘yicha.








+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz