19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning OYAK guruhi direktorlar kengashi raisi Zeki Aksakallı bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, xususan, qo‘shma loyihalarni qurilish, geologiya va sanoat sohalarida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Alohida e’tibor kompaniyaning Yangi Toshkent loyihalarida ishtirok etishi, istiqbolli oltin rudasi uchastkalarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishiga, shuningdek, tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratildi.
Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarni amaliy jihatdan ishlab chiqish bo‘yicha keyingi qadamlar ko‘rib chiqildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz