Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Qatarning JTA International Investment Holding kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Qatarning JTA International Investment Holding kompaniyasi bosh ijrochi direktori Amir Ali Salemi Zade bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Tomonlar kimyo sanoati, energetika, turizm va ko‘chmas mulk sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilishning mumkin bo‘lgan mexanizmlarini muhokama qildilar.

Kompaniya vakillari O‘zbekistondagi yangi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdilar. Kelishilgan tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.