O‘zbekistonning Belarus, Isroil, Hindiston, Qatar va Quvaytdagi elchilari Rahmatulla Nazarov, Jahongir Aminov, Sardor Rustamboyev, Ashraf Xo‘jayev va Ayubxon Yunusovlar amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Ular hokim o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig‘i Riza Asadov hamrohligida viloyatning shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijalari bilan tanishdi.
Diplomatlarning viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, sarmoya jalb etish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Buxoroning sarmoyaviy salohiyati, tarmoqlar, tarmoqlar, xorijiy davlatlardan investorlarni jalb etish orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi, turizm, farmatsevtika, tibbiyot, ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro tashriflar, biznes-forumlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Buxoro viloyatining sarmoyaviy salohiyatini xorijiy davlatlar tadbirkorlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarishni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz