ISSVda ‘‘Foster APC’’ ijrochi direktori Mujtaba Navaz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ISSVda Ozarbayjon Respublikasi ‘‘Foster APC’’ ijrochi direktori Mujtaba Navaz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

2016-yilda tashkil etilgan ‘‘Foster APC’’ Ozarbayjonning qurilish va injiniring xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalaridan biridir.

Uchrashuvda xorijiy kompaniyaga Oʻzbekistonda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kompaniya rahbariyati O’zbekistonda energetika, suv resurslarini boshqarish va geologiya sohalaridagi loyihalarda investor sifatida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida boʻlajak hamkorlik doirasida qoʻshimcha texnik-iqtisodiy maʼlumotlar almashish, loyiha parametrlarini baholash va zarur hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.