6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib, sarmoyaviy sohada erishilgan natijalar sarhisob qilindi, joriy yilning 1-2-iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Boʻlajak tadbirda Oʻzbekiston va Xitoydan 1500 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Uning doirasida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi, panel munozaralari, ikki davlat milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz