2022-yil 1-apreldan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlar:
- 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi;
- Noqonuniy daraxt kesish holatlari haqida xabar berganlarga 270 ming so‘m mukofot beriladi;
- Jismoniy shaxslarning aksiyalardan oladigan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi;
- Yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
- Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi;
- Endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatish uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi;
- Ayrim sohalardagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.
- Milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari beriladi;
- O‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi.
- Vazirlik va idoralar veb-saytlariga talablar kuchaytiriladi;
- Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori oshiriladi;
- «UzAuto Motors» bilan shartnoma tuzilganda avtomobil shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan tartib kuchga kiradi;
- Davlat moliyaviy nazorati sohasidagi qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi;
- Poyabzal ishlab chiqaruvchilardan ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorda undiriladi;
- Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlari qoplab beriladi;
- «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari barcha hududlarda tashkil etiladi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz