Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Auerbach Grayson kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Auerbach Grayson kompaniyasi prezidenti Nikhil Bhatnagar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar bank-moliya sektorida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini xalqaro investorlarga keng targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildilar.

Xorijiy moliya institutlari va investitsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.