2026-yil 1-noyabr kuni Manama shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdulloh bin Ahmad Ol Xalifa boshchilik qildi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz