Maskatda O‘zbekiston–O‘mon biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 16-17-noyabr kunlari Maskatda O‘zbekiston–O‘mon biznes-forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi matbuot xizmati.

Forum O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo‘ladi. Tadbir ikki mamlakatning davlat organlari, investitsiya hamjamiyati va ishbilarmon doiralari vakillarini bir maydonda jamlaydi. Forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Forum kun tartibidan o‘zaro savdo hajmini oshirish va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-logistika va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, energetika, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek turizm sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari o‘rin oladi.

Agar kompaniyangiz o‘monlik hamkorlar bilan yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Fors ko‘rfazi mamlakatlari bozorlariga chiqish yoki mavjud hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lsa, sizni O‘zbekiston-O‘mon biznes-forumida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting