13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Saidqahhor Xolxo‘jayev Turkiyaning Hoji Sabanji nomidagi uyushgan sanoat zonasi direktori Ersin Akinar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Turkiya tomoni sanoat zonasining faoliyati, uning imkoniyatlari va erishilgan natijalarini taqdim etdi. Sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Turkiya kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida 2027-yil aprel oyi boshida qo‘shma tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish maqsadida Turkiya biznes vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.





+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz