Prezidentning “Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–145-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur qarorning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Samarqand viloyatida mashinasozlik klasterini rivojlantirish, 2030-yilga borib mashinasozlik sanoatining viloyat sanoatidagi ulushini 15 foizga, sanoatda qo‘shilgan qiymat ulushini esa 40 foizga yetkazish;
- ushbu qarorga muvofiq tashkil etiladigan mashinasozlik sanoat zonasida yiliga 10 ming dona tijorat transport vositalari (yuk avtomobillari, avtobuslar, mikroavtobuslar, pikaplar va maxsus transport vositalari, shu jumladan elektromobillar) ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.
Kattaqo‘rg‘on tumanida 100 gektar yer maydonida Mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi.
Mazkur zonada faqat N, M2, M3, O va L toifalariga kiruvchi transport vositalari, shuningdek ular uchun ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Zona faoliyati “Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan boshqariladi.




+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz